Die Wirtschaftswoche işbilarmonlik jurnali maʼlumotiga köra, Germaniya kompaniyalariga AQŞga avval tölangan 790 mln yevrodan ziyod bojxona tölovlari qaytarilgan.

Mablağlarni qaytarişga 2026-yil fevral oyida AQŞ Oliy sudining Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan joriy etilgan qöşimça tariflarni noqonuniy deb topgani asos bölgan.

Nemis kompaniyalari orasida eng katta mablağni DHL olgan - unga 416 mln yevro qaytarilgan. Logistika kompaniyasi uşbu mablağlarni öz mijozlariga qaytarişni rejalaştirmoqda.

Tibbiy uskunalar işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalardan biri Siemens Healthineers 200 mln yevrodan sal köproq mablağni qaytarib olgan. Sport kiyimlari va poyabzallari işlab çiqaruvçi Pumaʼga 49 mln yevro, laboratoriya uskunalari işlab çiqaruvçi Sartoriusʼga 26 mln yevro tölangan.

Tibbiy uskunalar va şaxsiy himoya vositalari işlab çiqaruvçi Dräger esa AQŞdan 22 mln yevro bojxona tölovlarini qaytarib olgan.

Die Wirtschaftswoche qayd etişiça, hozirgaça qaytarilgan 790 mln yevrodan ortiq mablağ yakuniy raqam emas. Ayrim Germaniya kompaniyalari hali kompensatsiya olmagan va tölovlar 2026-yil oxirigaça amalga oşirilişini kutmoqda.

Xususan, Adidas 214 mln yevrodan 257 mln yevrogaça mablağni qaytarib olişni rejalaştirmoqda. DHL ham qöşimça kompensatsiya olişni kutmoqda.

Umuman, AQŞ hukumati 2025-yil oktabridan 2026-yil iyul oyi oxiriga qadar xorijiy kompaniyalarga qariyb 85 mlrd yevro bojxona tölovlarini qaytargan. AQŞ bojxona xizmati baholariga köra, yana 25 mlrd yevrodan ortiq mablağ qaytarilişi kerak.

Taqqoslaş uçun, 2024-yil oktabridan 2025-yil iyun oyi oxirigaça Vaşington xorijiy kompaniyalarga 4,5 mlrd yevrodan sal kamroq mablağ qaytargan edi.

2026-yil 20-fevralda AQŞ Oliy sudi Tramp önlab savdo hamkorlariga, jumladan Yevropa Ittifoqi davlatlariga keng kölamli bojlar joriy etişda prezidentlik vakolatlaridan çetga çiqqan, degan qarorga kelgan.

Tramp tariflarni joriy etişda 1977-yilda qabul qilingan Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar töğrisidagi qonunga (IEEPA) tayangan edi. Sud esa deyarli barça mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga belgilangan «özaro» tariflar, şuningdek, Kanada, Meksika va Xitoy tovarlariga qöyilgan 25 foizlik bojlarni noqonuniy deb topgan.