Fiskal tahlillar instituti 30 iyul kuni bölib ötgan Fiskal muloqotda palma yoğiga aksiz soliği joriy etişni taklif qildi. Institut vakillariga köra, bunday çoradan maqsad zararli mahsulot iste’molini kamaytiriş va davlat byudjyeti daromadlarini oşirişdan iborat.
Institutning Yaşirin iqtisodiyot, soliq va bojxona ma’murçiligini tahlil qiliş boşqarmasi boş mutaxassisi Fazliddin Şamsiyevning aytişiça, aksiz soliği odatda inson salomatligi uçun zararli deb topilgan mahsulotlarga nisbatan qöllanadi.
Uning ta’kidlaşiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti palma yoğini töyingan yoğlar miqdori yuqori bölgan mahsulot sifatida baholaydi. Şuningdek, Jahon banki tadqiqotlarida ham palma yoğiga aksiz soliği joriy etilişi uning iste’molini kamaytirişi va byudjyet daromadlarini oşirişi qayd etilgan.

Institut hisob-kitoblariga köra, 2025 yilda Özbekistonga qariyb 12,8 ming tonna palma yoği import qilingan. Örtaça import narxi bir tonnasi uçun 1,4 ming dollarni taşkil etgan.
Şamsiyevning aytişiça, agar palma yoğiga 10 foizlik aksiz soliği joriy etilsa, davlat byudjyetiga qöşimça 22 milliard söm tuşum tuşişi mumkin.
“Yuk oxir-oqibat iste’molçiga tuşadi”
Biroq muhokama davomida uşbu taklif yuzasidan e’tirozlar ham bildirildi.
Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov palma yoği bugungi kunda aholining kundalik iste’mol qiladigan köplab mahsulotlari tarkibida mavjudligini ta’kidlab, aksiz soliğining yakuniy narxlarga ta’siri yetarli darajada hisobga olinmaganini aytdi.
Uning fikriça, import hajmi va byudjyetga tuşadigan qöşimça mablağni hisoblaşning özi yetarli emas.
“Palma yoğiga aksiz soliği qöysak, byudjyet daromadi falonça oşadi deyilyapti. Lekin u mamlakat içiga kirib kelgandan keyin işlab çiqarilgan mahsulot narxiga qançalik ta’sir qilişi va bu ertaga xalqqa nisbatan yuk bölişini ham hisobga oliş kerak”, - dedi Muhammadjonov.
“Muammo aksizda emas, naqd savdoda”
Soliq maslahatçisi Umidbek Safarov esa muammoni boşqa tomondan körişni taklif qildi.
Uning aytişiça, palma yoği bevosita aholi iste’mol qiladigan mahsulot emas, balki işlab çiqarişda xomaşyo sifatida işlatiladi. Şu bois asosiy e’tibor yangi soliq joriy etişga emas, uşbu mahsulot aylanmasining şaffofligini ta’minlaşga qaratilişi kerak.
















