Kanada hukumati 8-sentabridan boşlab AQŞdan import qilinadigan tovarlarga 15, 25 va 50 foiz miqdorida javob bojlarini joriy qiladi. Çeklovlar qiymati 20 milliard dollarga teng 700 turdagi mahsulotlarga taʼsir qilişi mumkin.  Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qayt etilişiça, Kanada AQŞdan olib kiriladigan pölat, alyuminiy, mebel va kiyim-keçak mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy etadi. Pişloq, maişiy texnika hamda ayrim dengiz mahsulotlari uçun tariflar 25 foizni taşkil qiladi. Elektronika va asbob-uskunalar esa 15 foizlik bojga tortiladi. Tariflar röyxatiga, şuningdek, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, parfyumeriya, gigiyena vositalari, plastmassa buyumlar, yoğoç-taxta, qoğoz mahsulotlari, gilamlar, mototsikllar, sanoat uskunalari va temiryöl lokomotivlari kiritilgan.

Kanada Moliya vazirligi öz bayonotida adolatli savdo bitimiga erişiş uçun AQŞ bilan faol muzokaralar olib borganini taʼkidlab ötgan.

«Sönggi kunlarda AQŞ Kanada manfaatlariga mos kelmaydigan yangi şartlarni joriy qildi. Ular Kanadadan köp narsa sörab, evaziga juda kam narsa taklif qilişdi», deyiladi vazirlik bayonotida.

Avvalroq, Donald Tramp Kanadaning AQŞ mahsulotlariga nisbatan «kamsituvçi munosabati»ga javoban uşbu mamlakatning qariyb 20 mlrd dollar qiymatdagi tovarlariga qöşimça 50 foizli bojlar joriy etilişini maʼlum qilgandi.