21 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti "2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylaştiriş, ekiş uçun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini öz muddatida yetkazib beriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 3230-sonli qarorni imzoladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Aholini erta bahorda oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini töla qondiriş, bozorlarda qişloq xöjaligi mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta'minlaş uçun 2017 yil avgust-sentabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari hamda noyabr-dekabr oylarida sabzavot ekinlarining eksportbop va yuqori hosilli navlarini töqsonbosti usulida qisqa muddatlarda ekiş, agrotexnika tadbirlarini öz vaqtida ötkaziş, ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini yetkazib beriş maqsadida:
1. Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Özbekiston Fermerlari kengaşi, “Özbekoziqovqatholding” kompaniyasi, “Özagroeksport” aksiyadorlik jamiyati hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklarining:
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari böyiça joylaştirişning prognoz körsatkiçlari 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida 2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini turlari böyiça joylaştirişning prognoz körsatkiçlari 1a-1l-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda barça toifadagi xöjaliklarda 2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida yetiştiriladigan sabzavot mahsulotlarining prognoz körsatkiçlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekiş uçun talab etiladigan uruğlik, mineral öğit va yonilği-moylaş mahsulotlari hajmlari hisob-kitobi 3-ilovaga muvofiq ma'qullansin.
2. 2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylaştiriş, ekiş, yetiştiriş, yetiştirilgan mahsulotni içki va taşqi bozorlarga sotiş işlarini taşkil etiş böyiça respublika komissiyasi (keyingi örinda - Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublika komissiyasi (Mirzayev) Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini ta'minlaşga doir ustuvor çora-tadbirlar töğrisida”gi 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tasdiqlangan 4ta sektor rahbarlari bilan birgalikda:
2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekiladigan maydonlarni şudgorlaş, ekişga yer tayyorlaş, oçiq maydonlar va boğ-tok qator oralariga ekiş işlarini tizimli taşkil etişni;
avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlarini erta bahorda oziqlantiriş, suğoriş, parvarişlaş, kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraşiş bilan boğliq agrotexnik tadbirlarning optimal muddatlarda bajarilişini nazorat qiliş va monitoring yuritişni;
talab etiladigan yonilği-moylaş mahsulotlari, mineral öğitlar va boşqa moddiy resurslarni öz vaqtida yetkazib berilişini, yetiştirilgan mahsulotni içki va taşqi bozorlarga sotişni, qilingan xarajatlarni qoplaş işlarini muvofiqlaştirib borişii;
avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlaridan olinadigan mahsulotlarga fermer xöjaliklari bilan eksport qiluvçi va tayyorlov taşkilotlari örtasida kontraktatsiya şartnomalari tuzilişini, oldindan avans tölovlari va yakuniy tölovlarni amalga oşirilişini;
erta bahorda yetiştirilgan mahsulotlarni 2018 yilning mart oyidan boşlab içki bozorlar va Toşkent şahar yarmarkalariga yetkazib beriş böyiça reja-jadvallarni işlab çiqiş hamda ularni bajarilişini nazorat qilişni;
har oyda ikki marta avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni sifatli qilib ekiş, yetiştiriş, içki va taşqi bozorlarga sotiş işlarini tanqidiy muhokama qilib borişni ta'minlasin.
4. Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarning ekilişini tizimli taşkil etiş işlarini muvofiqlaştiriş böyiça vazirliklar va idoralardan hamda respublika tijorat banklaridan biriktirilgan işçi guruh tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:
a) joriy yilning 25 avgustiga qadar hududlarning tuproq-iqlim, suv ta'minoti şaroitlarini inobatga olgan holda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekin turlarini fermer va dehqon xöjaliklari kesimida joylaştirilişini tuman hokimi qarori bilan tasdiqlaş;
b) ekinlardan böşagan maydonlarni tozalaş va yer tayyorlaşni taşkil qiliş, ekin turlarini fermer va dehqon xöjaliklari kesimida joylaştiriş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari rahbarligida;
v) avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlar töqsonbosti ekinlarni ekiş va parvarişlaş işlarini moddiy-texnika resurslari, şu jumladan uruğlik, mineral öğit, yonilği-moylaş mahsulotlari bilan ta'minlaş masalalarini muvofiqlaştiriş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining hamda viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosarlari rahbarligida işçi guruhlar taşkil etiş:
2017 yil 25 avgustgaça fermer va dehqon xöjaliklariga yuqori sifatli uruğliklarni dorilangan va sertifikatlar mavjud bölgan taqdirda kamida 50 foiz haqini oldindan tölaş şarti bilan yetkazib berilişini ta'minlaş;
2017 yil 10 sentabrgaça fermer xöjaliklari bilan Toşkent şahar yarmarkalari, tayyorlov va eksport qiluvçi taşkilotlar örtasida tuzilgan kontraktatsiya şartnomalariga muvofiq mahsulot yetiştiruvçilarga şartnoma qiymatining 40 foizidan kam bölmagan miqdorda avans mablağlarini tölab beriş çoralarini köriş vazifalari yuklansin.
6. Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2017 yilning 10 sentabriga qadar fermer va dehqon xöjaliklari bilan ulgurji xaridorlar, şu jumladan tayyorlov, qayta işlaş va eksport qiluvçi taşkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari örtasida kontraktatsiya şartnomalarini tuzilişini yakunlaş va belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilişini ta'minlasinlar.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi fermer va dehqon xöjaliklari bilan ulgurji xaridorlar, şu jumladan tayyorlov, qayta işlaş va eksport qiluvçi taşkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari örtasida tuzilgan şartnomalarni bajarişda qonunçilikka rioya qilinişi yuzasidan tizimli nazorat olib borsin.
7. Avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni töliq hajmlarda ekilişi, közlangan hosil olinişi, yetiştirilgan mahsulotni belgilangan maqsadlarga işlatilişiga Respublika komissiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari mas'ul ekanliklari belgilab qöyilsin.
8. “Özbekoziqovqatholding” kompaniyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018 yil hosili uçun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlari uçun respublikada yetişmaydigan uruğliklarni xorijdan olib keliş va belgilangan tartibda joylarga yetkazib berilişini ta'minlasin.
9. “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Özneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklariga ön kun muddatda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekiş uçun talab etiladigan yonilği-moylaş mahsulotlari va mineral öğitlarni davlat ehtiyojlari uçun mahsulot yetiştiruvçi qişloq xöjalik korxonalariga yetkazib beriladigan narxlarda yetkazib beriş vazifasi yuklansin.
Ekinlarni ekiş va ularni parvarişlaş uçun yonilği-moylaş mahsulotlari respublikada şakllangan narxlarga 10 foizgaça ustama qöyilişi orqali ta'minlab berilişiga rozilik berilsin.
10. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekiş va uning agrotexnikasini amalga oşiriş uçun talab etiladigan kreditlarni mahsulot yetiştiruvçi va xarid qiluvçi taşkilotlarga bir oy muddatda ajratilişini taşkil etsinlar.
11. Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Özbekoziqovqatholding” kompaniyasi:
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joriy yilning 25 avgustigaça avgust piyozi va sarimsoqpiyoz, 10 noyabrgaça töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekiş hamda agrotexnikasi böyiça körgazmali-amaliy öquv-seminari ötkazişni;
bir oy muddatda respublika hududlarining tuproq-iqlim şaroitlarini inobatga olgan holda oçiq maydonlarga, boğ va tok qator oralariga avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlari navlari böyiça joylaştiriş, ekiş va parvarişlaş böyiça ilmiy asoslangan tavsiyalarni işlab çiqsin va ular joylarga yetkazilişini taşkil etsin.
12. Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetiştiriş böyiça ilğor tajribalar va uning iqtisodiy samarasi töğrisida ommaviy axborot vositalarida yoritib boriş tavsiya etilsin.
13. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Özbekiston Fermerlari kengaşi bilan birgalikda avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekiş işlarini doimiy monitoringini yuritgan holda, töliq ekilişi yuzasidan nazorat örnatsin hamda 2017 yil 25 dekabriga qadar fermer va dehqon xöjaliklari kesimida instrumental ölçovdan ötkazsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari - qişloq va suv xöjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.











