Auto.nur.kz sayti muxbiri işonçli manbalardan Qozoğistonning “AZIYa AVTO” avtomobilsozlik kompaniyasi va “GM Uzbekistan” AJ hamkorlik qilişi mumkinligidan xabar topdi. Ma'lum bölişiça, katta ehtimollik bilan Ust-Kamenogorskdagi zavodda Ravon R2 va Ravon R4 modellari yiğilişi mumkin.
Şuningdek, işlab çiqariluvçi modellar qatori yangi modellar hisobiga kengaytirilişi mumkin. Asakadagi zavod yaqin orada bu modellar işlab çiqarilişini özlaştirib oladi. Qozoğiston bilan işlab çiqariladigan modellarning töliq röyxati hali aniqlaştirilmagan.
Aytiş joizki, Ravon avtomobillari qozoğistonliklarga Uz-Daewoo brendi bilan ançadan beri ma'lum bölib kelgan. Özbek avtomobillari Qozoğiston bozoriga Ravon brendi bilan ötgan yil yozida çiqqan.
Şuni aytiş mumkinki, Qöstanaydagi “SariarkaAvtoProm” avtomobilsozlik kompaniyasida Ravon Nexia R3 modeli yiğilmoqda. Bu yerda yiliga 3 mingta şunday maşina yiğiladi. Işlab çiqariş quvvatini yiliga 7 mingta avtomobilga yetkaziş mumkin.
Ravon Nexia R3 Qozoğistonda “UZAVTO AZIYa” kompaniyasining dilerlik tarmoği orqali sotiladi.












