Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Hindiston vitse-prezidenti Venkay Naydu Dehlida muzokara ötkazdi. Bu uçraşuv Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiyaning Hindistonga uyuştirgan rasmiy taşrifi doirasida röy bergan.

Venkay Naydu Özbekiston va Hindiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 2018 yil martiga qadar 1 milliard dollarga yetkazilişi zarurligi qayd etib ötgan.

U Özbekiston va Hindiston qalin madaniy va tarixiy aloqalarga egaligini ta'kidlagan. U Özbekistonda ikki davlat örtasida munosabatlar yölga qöyilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan ötkazilgan tadbirlardan qoniqiş hosil qilganini aytgan.

Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ham öz navbatida Özbekiston delegatsiyasining Hindistonga bu taşrifi munosabatlar darajasini yangi bosqiçga olib çiqişiga işonç bildirgan.