Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida noma'lum şaxs A.Navoiy köçasi 44-uyda joylaşgan “Grand Mobile Set” MÇJga qaraşli dökonga kalit tanlaş yöli bilan kirib, u yerdan köp sonli mobil telefon apparatlarini öğirlab ketgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ya'ni, Toşkent viloyati Zangiota tumani Beşrakat mahallasida yaşovçi,  1986 yilda tuğilgan A.Ğ.ga tegişli umumiy qiymati 9.200.000 sömlik 13 dona “Samsung”, 2 dona “iPhone”, 1 dona “Xiaomi”, 2 dona “HTC”, 8 dona “Nokia”, 2 dona “Seria”, 5 dona “Blackberry” rusumli mobil telefonlarini öğirlab ketgan.

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan körilgan tezkor çoralar natijasida mazkur jinoyatni Şayxontohur tumanida yaşovçi, işlamaydigan, muqaddam sudlangan, 1990 yilda tuğilgan Ş.B sodir etganligi aniqlanib uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan ÖzR JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.