AQŞ prezidenti Donald Tramp Finiksdagi çiqişi davomida hukumatni yopib qöyiş bilan tahdid qildi. U Meksika bilan çegarada devor qurilişini moliyalaştirişni tasdiqlatiş niyatida.
«Bu devorni quring. Demokratlar biz buni qilmasligimizni istaşmoqda, biroq menga işonişingiz mumkinki, biz devorni qölga kiritiş uçun hukumatimizni yopamiz. Biz öz devorimizni qölga kiritamiz», - degan Tramp.
Uning sözlariga köra, demokratlar yaxşi qiladigan yagona narsa – bu tanqid.
Tramp AQŞ kongressiga ham murojaat qilgan.
«Sizning işingiz – amerikaliklarning çegara, soliqlar, soğliqni saqlaş, umuman, ularning hayotiga ta'sir körsatuvçi istalgan masala böyiça manfaatlarini ilgari suriş», - deya ta'kidlab ötgan Amerika yetakçisi.








