Sönggi vaqtlarda internet va boşqa OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda lotin va kirill yozuviga asoslangan özbek alifbosini taqqoslaş işlari avj oldi. Ayrimlar krilga qaytiş maqsadga muvofiq desa, boşqalar bu yana ortga qaytiş bölişini ta'kidlaşdi. Özbekiston xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov Xalqaro Press-klubning 23 avgustdagi sessiyasida bu masalaga uzil-kesil nuqta qöydi, deyiş mumkin. Uning aytişiça, bu kabi gap-sözlar, ya'ni krillga qaytiş haqidagi xavotirlar asossiz. Uning aytişiça, Özbekiston hukumati lotin alifbosidan voz keçmaydi. Inoyatov XPKda iiştirok etgan jurnalist savoliga javob berar ekan, bu masalaga batafsil töxtaldi.

"Öylaymanki, kirill yozuviga qaytiş sizning, kiçik qatlamdagi aholining fikri. Bu haqda umuman gap bölayotgani yöq. Buni balki kimdir xohlayotgandir. Men vazir sifatida öz qaraşimni bildirmoqçiman. Birinçidan, kirill va lotin yozuvlarining öziga xos afzalliklari va kamçiliklari ham bor. Ammo, mening fikrimça, bizning holatimizda lotin yozuvining ustunliklari köp. Farzandlarimiz xorijiy tillarni örganişmoqda, ular lotin yozuvidadir. Xorijliklar ham özbek tilini örganmoqda. Ularga şu ma'noda qulaylik bor. Bundan taşqari, Özbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalaşuvida lotin grafikasiga ötiş muhim ahamiyat kasb etadi", -dedi Xalq ta'limi vaziri.