Tan olib aytiş kerakki, agar O‘ va G‘ harflarida muammo bölmaganida, alifbo islohoti kun tartibiga kötarilmas edi.

Tasavvur qiling, O‘ va G‘ harflari binoyidek. Şunday vaziyatda: “Harf birikmalari (Sh, Ch, ng) böyiça özgariş qilaylik!” deguvçilar bölarmidi?

Bölganda ham, ularning soni hozirgi alifbo islohoti tarafdorlaridan neça barobarga kam bölardi?

Yuqoridagi mulohazadan quyidagiça xulosa kelib çiqadi: bizning asosiy muammomiz O‘ va G‘ harflaridan iborat.

Muammoning özagini taşkil etuvçi narsaga qöşib, dolzarbligi yöq narsalarni ham “töğrilaş”ga uriniş – islohot muvaffaqiyatiga soya soladi.

Muammo yadrosidan uzoqlaşib “ötlab ketmaslik”, reallik bilan hisoblaşiş kerak. Aks holda, asosiy muammomizni hal qilganimiz bilan, darajasi unga teng boşqa muammolarni yaratib qöyişimiz mumkin.

Islohot bu – osonlaştiriş degani

Isloh qilingan alifboda yoziş hozirgisidan osonroq bölişi kerak: O‘ va G‘ harflarini tuzatiş şunga xizmat qiladi.

Isloh qilingan alifboda öqiş hozirgisidan osonroq bölişi kerak: köz örgangan harflarni Ş, Ç (S) yoki ŋ şakliga ötkaziş esa aholining özgarişlarni qabul qilişini murakkablaştiradi ham sekinlaştiradi.

Sh, Ch, ng tovuşlarini bitta harf bilan ifodalaş tarafdorlarining asosiy argumentlari va nega ular örinsiz ekanini körib çiqaylik.

Örinsiz argument 1: “Yoziş tezlaşadi”

Unutmaslik kerakki, Sh va Ch tovuşlarini ifodalaş uçun ikkita klavişni bosişga majbur bölayotganlar faqat özbeklar emas, bu “körgilik” ingliz tilida yoza oladigan 1,5 milliardga yaqin odamning ham boşiga tuşgan va ular bunda muammo körmayapti.

Töğri, inglizçada Sh va Ch tovuşlari özbekçaga qaraganda ança kam uçraydi, lekin bu örinda atigi 2 ta tovuşdan iborat sözni 5-6 ta harf bilan yozayotgan xalqlar ham köpligini unutmaslik kerak. Masalan, fransuzlarga hozirgidek taraqqiyotga erişişda bu “qiyinçilik” tösiq böla olmagan.