Uşbu jarayonlarda Xalq Demokratik partiyasi raisi Uluğbek Inoyatov mamlakatimizdagi alohida ehtiyojga muhtoj qatlam bilan işlaşdagi muammolarga töxtalib ötdi.

Unga köra qaysidir davlat idorasiga e’tirozlar bölişi ham tabiiy jarayon. Misol uçun, hukumatning nogironligi bölgan şaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlaş masalasida olib borayotgan işlarida kamçiliklar kuzatilayotganligi partiya rahbari tomonidan tanqid qilindi.

Uning ta’kidlaşiça bu yönalişda har bir vazirlik-idoraning oldiga aniq missiya, vazifalar qöyilgan. Ularning töğri va faol işlaşi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş nuqtai nazaridan juda muhim.

Şu bilan birga 2020 yilda qabul qilingan “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi Qonun talablari bajarilişi qiyin bölmoqda. Ijtimoiy infratuzilma obektlari, yöllar nogironligi bölgan şaxslar foydalanişi uçun moslaşmagan.

“Uzoqqa bormaylik: poytaxt misolida oladigan bölsak, 85 foiz obektlar nogironligi bölgan şaxslarning kirib-çiqişi uçun qulay emas.”

Şuningdek, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ham zimmasidagi vazifani yaxşi bajara olmayapti. Tartibsiz qurilişlar, uy-joy qurilişining sifati va narxi böyiça muammolar körinib turibdi. Qurilişga jalb qilingan aholi mablağlari firibgarlardan muhofaza qilinmaganligi natijasida, qançadan-qança yurtdoşlarimiz uy uçun yiqqan mablağidan ajralib qoldi. Toşkent şahrida, Farğona viloyatida va boşqa hududlarda ham bunday holatlar kuzatildi. Vazirlik vaziyatni tahlil qilib, yuzaga kelayotgan muammoli holatlar böyiça yeçim taklif qilganida vaziyat boşqaça bölişi mumkin edi.

Töliq intervyu