25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg şahrida boks böyiça 19-Jahon çempionati boşlanadi va 2 sentabrga qadar davom etadi.
 
Unda Kuba, Qozoğiston, Rossiya, Ukraina, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlar qatorida jami 195 mamlakatdan kelgan boksçilar özaro kuç sinaşadilar. Özbekiston terma jamoasi boksçilari ham Jahon çempionatida barça vazn toifasida iştirok etiş huquqini qölga kiritişgan.
 
Özbekistondagi boks muxlislarining talab va qiziqişlaridan kelib çiqqan holda, UZREPORT TV telekanali uşbu Jahon çempionatini eksklyuziv tarzda translyatsiya qiliş huquqini xarid qildi.
 
Telekanal 25 avgustdan boşlab terma jamoa a'zolari hamda jahonning yetakçi boksçilari iştirokidagi qiziqarli janglarni jonli efirda tomoşa qiliş imkoniyatini taqdim etadi. 

Jahon çempionatida Rio-2016 Olimpiadasi ğolib va sovrindorlari bilan bir qatorda, öz vazn toifasida Özbekistonda eng kuçli bölib turgan boksçilar yurt şarafini himoya qilişadi. Boksçilarning töliq röyxati bilan quyida tanişişingiz mumkin:
 
-49 kg: Hasanboy Dösmatov
-52 kg: Jasur Latipov
-56 kg: Murod Ahmadaliyev
-60 kg: Elnur Abduraimov
-64 kg: Iqbol Xoldorov
-69 kg: Şahram Ğiyosov
-75 kg: Isroil Madrimov
-81 kg: Bektemir Meliqöziyev
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov