Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmatining qidiruvga berilgan şaxslar haqidagi xabari undagi «viloyatlik şaxslarga öxşaş» iborasi uçun jamoatçilikning keskin noroziligiga uçragaç, xabarni özgartirdi va fotomateriallarni tahrirladi.
Dastlabki xabarda ilova qilingan suratlarning birida qidiruvga tuşgan şaxslardan birining «kiyinişi viloyatliklarga öxşaşi» qayd etilgandi. Xabarning yangi tahririga ilova qilingan suratlarda «kiyinişidan viloyatlik şaxslarga öxşaş» haqidagi ta'kid yöq.

Şuningdek, şahar IIBB bu masalaga oydinlik kiritib, xodimning e'tiborsizligi sababli şunday xatoga yöl qöyilganini ma'lum qilgan.
«Toşkent ŞIIBB rasmiy saytida çiqqan bu xabar turli internet saytlar tomonidan, havola berib tarqatildi va gumondorlardan biriga tarif berişda «viloyatlik şaxslarga öxşaş» atamasi odamlar orasida e'tiroz keltirib çiqargani ma'lum böldi.
Şuni ma'lum qilamizki, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan yurtimiz fuqarolari bunday atama bilan toifalanmaydi, bunday holat xabarni tayyorlagan xodimning e'tiborsizligi tufayligina kelib çiqqan. Buni heç qanday ğaraz maqsad emas, şunçaki tuşunmovçilik sifatida qabul qilinişini sörar edik.
Xodimga nisbatan tuşuntiriş işlari olib borildi va kelgusida bunday xatoga yöl qöyilmasligini bildirib ötamiz», deyilgan izohda.











