Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi diplom qanday nostrifikatsiya qilinadi?
SAVOL: Men bugungi kunda «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatining yuridik bo‘limida huquqshunos bo‘lib ishlayman. Men Rossiya federatsiyasi davlati fuqarosiman, 1993 yilda Ukraina davlatining Xarkov yuridik institutini tamomlaganman, biroq mazkur diplom bugungi kunga qadar nostrifikatsiya qilinmagan. Ushbu diplomimni nostrifikatsiya qilish yuzasidan ma'lumot bersangiz.
A.Djumatov, Navoiy shahri.
JAVOB: Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan, «Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda belgilab qo‘yilgan.
Ushbu Nizomning 3-bandiga asosan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish deganda vakolatli davlat organlarining O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu hujjatlarning qonuniy kuchga ega ekanligiga roziligi tushuniladi.
Shuningdek, mazkur nizomning 33-bandiga muvofiq diplom va ekvivalentligini qayd etish to‘g‘risidagi guvohnoma uning egasiga O‘zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassasasida navbatdagi bosqichda o‘qishni davom ettirish yoki kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Savollarga Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta'minlash sho‘'basi yetakchi maslahatchisi Z.Jo‘rayeva hamda Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i M.Turdiyeva javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
20:55 / 13.02.2018
Ukaga meros qilib qoldirilgan uyda akaning haqi qanchalik?
21:17 / 02.02.2018
Mehnat qiluvchi xodimlarning asosiy huquqlari nimalardan iborat?
12:50 / 31.12.2017
Qaynotasi sudlangan yigit harbiy sohaga ishga kirishi mumkinmi?
11:10 / 17.12.2017