SAVOL: Menga tuşuntirib bersangiz: xodim sifatida mening qanday muayyan huquqlarim bor?
D. Rustamov
JAVOB: Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksining 16-moddasiga muvofiq xodimlarning asosiy huquqlariga, ya'ni sizning huquqlaringizga quyidagilar kiradi:
- mehnat qiliş, erkin iş tanlaş, haqqoniy mehnat şartlari asosida işlaş va qonunda belgilangan tartibda işsizlikdan himoyalaniş;
- öz mehnati uçun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik iş haqidan oz bölmagan miqdorda haq oliş;
- muddatlari çegarasi belgilangan iş vaqtini örnatiş, bir qator kasblar va işlar uçun iş kunini qisqartiriş, har haftalik dam oliş kunlari, bayram kunlari, şuningdek, haq tölanadigan yillik ta'tillar beriş orqali ta'minlanadigan dam oliş;
- xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan şaroitlarda mehnat qiliş;
- kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;
- iş bilan boğliq holda soğliğiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning örnini qoplaş;
- kasaba uyuşmalariga hamda xodim va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvçi boşqa taşkilotlarga birlaşiş;
- qariganda, mehnat qobiliyatini yöqotganda, boquvçisidan mahrum bölganda va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda ijtimoiy ta'minot oliş;
- özining mehnat huquqlarini himoya qiliş, şu jumladan sud orqali himoya qiliş va malakali yuridik yordam oliş;
- jamoalarga doir mehnat nizolarida öz manfaatlarini quvvatlaş;
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.








