Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat kodeksi xususiy korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi
SAVOL: Men xususiy korxonadan ish topdim. Meni bir narsa o‘ylantiryapti: agar mening xodim sifatidagi huquqlarim nodavlat, ya'ni xususiy tashkilotda buzilgan bo‘lsa, men yordam so‘rab vakolatli tashkilotlarga murojaat qila olamanmi?
T.Azimov
JAVOB: Albatta, murojaat qila olasiz. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, barcha ish beruvchilar va xodimlarga (mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan) nisbatan tatbiq etiladi.
Siz ishga joylashmoqchi bo‘lgan xususiy korxonaning ish beruvchisi ham davlat tashkilotlari rahbarlari bilan bir xil javobgarlikka ega. Barcha hollarda ham mehnat munosabatlarining vujudga kelishiga Siz va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Biroq shuni e'tiborga olish lozimki, barcha tashkilotlar Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lmasligi zarur bo‘lgan, o‘zlarining ichki tartib qoidalarini o‘rnata oladilar.
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
20:55 / 13.02.2018
Ukaga meros qilib qoldirilgan uyda akaning haqi qanchalik?
21:17 / 02.02.2018
Mehnat qiluvchi xodimlarning asosiy huquqlari nimalardan iborat?
12:50 / 31.12.2017
Qaynotasi sudlangan yigit harbiy sohaga ishga kirishi mumkinmi?
12:13 / 26.08.2017