Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 526-son qarori bilan kasbiy taʼlim sohasiga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Qaror bilan:
kasbiy taʼlim töğrisidagi nizom;
kasbiy taʼlim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş tartibi;
kasbiy taʼlim taşkilotlariga pedagog kadrlarni tanlov asosida işga qabul qiliş tartibi;
kasbiy taʼlim taşkilotlari öquvçilarining bilimini baholaş tartibi tasdiqlandi.
Yangi nizomlar Özbekistonda kasbiy taʼlimni taşkil etiş va amalga oşiriş tartibini belgilaydi. Ularning talablari barça kasbiy taʼlim taşkilotlariga tatbiq etiladi.
Hujjatga köra, kasbiy taʼlim iqtisodiyotning rivojlaniş istiqbollari, ustuvor vazifalari, zamonaviy texnik va texnologik tendensiyalar, şuningdek, mehnat bozoridagi örta böğin kadrlarga bölgan ehtiyojni hisobga olgan holda taşkil etiladi.
Taʼlim jarayoni iş beruvçilarning takliflari hamda «hayot davomida taʼlim oliş» tamoyili asosida yölga qöyiladi. Bu fuqarolarga muayyan kasb yoki mutaxassislik böyiça bilim va könikmalarni egallaş imkonini beradi.
Nizomda «akademik qarzdor», «bilim», «boşlanğiç kasbiy taʼlim dasturlari», «buyurtmaçi texnikum», «inklyuziv taʼlim dasturi», «kvalifikatsiya», «kompetensiya», «könikma» va boşqa tuşunçalarga aniq taʼriflar berilgan.
Kasbiy taʼlim taşkilotlari öquvçilarga boşlanğiç kasbiy taʼlim, örta kasbiy taʼlim va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari böyiça bilim beradi. Texnikumlar esa örta böğin kadrlarini tayyorlaş, öquvçilarning amaliy könikmalarini rivojlantiriş va işlab çiqariş taʼlimi ustalarining malakasini oşiriş uçun taşkil etiladi.
Şuningdek, inklyuziv taʼlim dasturlari nogironligi bölgan şaxslarning alohida ehtiyojlarini hisobga olgan holda işlab çiqiladi. Bunday dasturlarda moslaştirilgan taʼlim dasturlari, maxsus pedagogik yondaşuvlar va qöşimça qöllab-quvvatlaş çoralari nazarda tutiladi.
Qaror bilan ilgari qabul qilingan ayrim hukumat qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Ayrim qarorlar esa öz kuçini yöqotgan deb hisoblandi.

















