Samarqand viloyat Urgut tuman hokimligi sektor a'zolari öz faoliyati davomida tuman hududidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan fuqarolarni aniqlaş ularga ijtimoiy yordam körsatiş maqsadida muayyan işlarni amalga oşirmoqda. Bu haqda Özbekiston Yoşlar ittifoqi Urgut tuman Kengaşi KUN.UZga xabar bermoqda.

Jumladan, tuman böylab olib borilgan işlar natijasida 64 ta kam ta'minlangan oilaning voyaga yetmagan farzandlari sunnat töylarini ötkaziş zaruriyati, 168 nafar jismoniy imkoniyati çegaralangan fuqaroning nogironlik aravaçasi, 15 nafar fuqaroga qöltiqtayoq yana şunça fuqaroga hassa, 10 nafar fuqaro eşitiş apparatlariga ehtiyoji borligi aniqlangan.

Şunga köra tuman hokimligida ötkazilgan yiğilişda qatnaşgan faollar va tadbirkorlarning taşabbusi va homiylik yordamlari asosida kam ta'minlangan oilalar farzandlarining sunnat töyi, nogironlik aravaçalari, qöltiqtayoq, hassa, eşitiş apparatlari olib berildi.

26 avgust kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi taşabbusi bilan tumandagi 64 ta kam ta'minlangan oilaning voyaga yetmagan farzandlari sunnat töylari namunali tarzda ötkazildi hamda 168 nafar nogironga nogironlik aravaçasi topşirildi.

Şuningdek, «Quyi Algar» mahallasidagi 3 nafar nogironlarga bitta kir yuviş maşinasi, bitta sovutgiç, ikkita yumşoq mebel, «Oqmaçit» mahallasidagi 2 nafar nogironlarga bitta nogironlik aravaçasi, gaz plitasi, 49 ta mahalladagi kam ta'minlangan oilalarga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi.

Bayram arafasida tumandagi «Mergança» mahallasi imtiyozli kredit asosida namunali loyihalar asosida qurilayotgan 43 ta xonadon egasiga foydalaniş uçun topşirildi.

Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yillik bayramini kötarinki ruhda kutib oliş maqsadida belgilangan rejalar asosida tumanning çegara hududlaridan «Mirzaboğlon-Çep», «Törtkul» mahalla markazlaridagi amfiteatrlarda mahalla aholisi bilan birgalikda bayram tadbirlari ötkazildi.

Öz muxbirimiz