1 sentabrdan boşlab san’atkorlar har bitta töy uçun 103 ming sömdan 1 mln 236 ming sömgaça (ijroçining reytingi va töy bölayotgan manzilga boğliq) soliq tölay boşlaşi mumkin. Bu haqdagi qaror loyihasi e’lon qilinişi bilan, tarmoqlar “beçora” va “qarzga botgan” san’atkorlarning oh-u nolalariga tölib ketdi.

Özbekistonda öqituvçidan tortib taksiçilargaça hamma kasb-hunar egalari olayotgan daromadidan kelib çiqib soliq tölaydi. Endilikda soliq tölaş majburiyati san’atkorlarga ham tatbiq etilişi mumkin. Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan qaror loyihasida 2026 yil 1 sentabrdan boşlab, san’atkorlar har bir töy yoki boşqa tadbirga borganda buni “Soliq” ilovasiga kiritişi nazarda tutilgan. Daromad soliği şu asosda “Bir xizmat – bir tölov” tamoyiliga ötadi.

Loyihaga köra, soliq miqdori san’atkor reytingi va tadbir joyiga qarab, bazaviy hisoblaş miqdorining 0,25 barobaridan 3 barobarigaça böladi. Bu yangilik ortidan tarmoqlar “beçora” va “qarzga botgan” san’atkorlarning oh-u nolalariga tölib ketdi.

Aktyor, xonanda va teleboşlovçi Samandar Hamroqulov aksariyat ijodkorlarning yagona daromad manbayi töylar ekaniga urğu berib, hatto 3-5 yillab qarzini uzolmay, foydaga çiqolmay yurgan hamkasblari borligini aytdi. U san’atkorlarga yengillik berilsa, yaxşi ijod mahsulotlari köpayişini ham qöşimça qildi.

“Biz san’atkorlar soliq tölaşdan qoçmaymiz. Lekin san’atkorlarning topiş manbasi faqat töy. Ular xarajat qilib qöşiq va klip tayyorlaydi. Xalqda töy bölsagina bu xarajatlar qoplanadi yoki qoplanmaydi. Ikki-uç yildan beri, beş yillab qarz tölayotgan san’atkorlar bor, heç foydaga çiqolmaydi beçoralar. Şuning uçun soliqlarni belgilaşda barça jihatlarni hisobga olgan ma’qul, deb öylayman. Soliqdan qoçadigan joyimiz yöq. Mana şu soliqdan keksalar pensiya oladi, armiyaning oziq-ovqat, kiyim-keçak ta’minoti amalga oşiriladi. Lekin bunaqa soliqni qöyayotganda, har tomonlama hisobga oliş kerak. Beçora san’atkorlarning haydab yurgan yaltiroq maşinalari kreditga olingan, juda qarzlari köp.

Mening şaxsiy fikrim: san’atkorlarga ozgina yengillik berilsa, yaxşi ijod mahsullari bölardi. San’at – ideologiya uçun eng kuçli qurol. San’atkorlar qöşiği, öynayotgan roli va kinolari bilan insonlarni tarbiya qiladi. Agar ularning fikr-u xayoli faqat tirikçilik bilan band bölib qolsa, ijod bölmaydi. Aniq ijod qilolmaydi bunaqa paytda. Şuning uçun har tomonlama öylanglar”,