Kun.uz xonandalarni soliqqa tortiş muhokamalariga minbar hozirladi. Şu mavzudagi birinçi suhbatda qatnaşgan Soliq qömitasi vakiliga köra, taklif etilayotgan tartib qabul qilinişi va işlab ketişida jamoatçilik qöllovi va nazorati katta ahamiyatga ega. Huquq faoli Abdurahmon Taşanov loyihani çala va takomillaştirişga muhtoj deya baholadi.
Sönggi kunlarda san’atkorlarni soliqqa tortiş böyiça muhokamaga qöyilgan qaror loyihasi yuzasidan turli fikrlar yangramoqda. Köplab faollar xonandalar ham hamma qatori soliq tölaşi kerakligini yoqlasa, qator san’at vakillari bu adolatdan emasligiga şama qildi.
Kun.uz bu mavzuda suhbatlaşiş uçun loyiha taşabbuskori Adliya vazirligi va boşqa idoralar hamda san’at ahli vakillarini studiyaga taklif etdi. Dastlabki suhbat – Soliq qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Muzaffar Nazarov va jamoatçilik faoli Abdurahmon Taşanov iştirokida ötdi.
Taşanovning fikriça, taşabbus töğri, biroq loyiha hali çala va xom: uni töldiriş, intellektual mulk vakillari uçun umumiy dasturga aylantiriş kerak, deydi u. Toki “san’atkorlarni soliqqa tortiş ularning köpaygan pullarini sezib qoliş ortidan bölmasligi lozim”.
“Men daromad qilayotgan hammani soliqqa tortiş tarafdoriman, biroq bugun qöşiqçilarni, ertaga sirkçilarni, keyin şoirlarni alohida hujjat bilan soliqqa tortmaymiz-ku, axir bularning hammasiga bitta qilib intellektual mulk vakillari uçun loyiha işlaş kerak edi. Davlat kimning puli köpaysa, soliqqa tortiş ilinjida bölmasligi kerak”, – deydi jamoatçilik faoli.
Muzaffar Nazarovga köra, bu hali loyiha va u jamoatçilik muhokamasi vaqtida kötarilgan masalalarni inobatga olib, qayta işlanadi. Qömita bu borada öz takliflarini loyiha muallifi bölmiş Adliya vazirligiga taqdim etgan.
Belgilanayotgan yangi tizim – 2026 yil 1 sentabridan e’tiboran ijroçilar har bir töy va tadbir uçun alohida soliq tölaşini nazarda tutadi.
“Agar ma’qullansa, ular Soliq.uz ilovasi orqali buyurtmaçi bilan tuzgan şartnoma şartlarini kiritişadi. Şunda ularning reytingi va tadbir joyiga qarab, qat’iy belgilangan soliq miqdori çiqadi. 2029 yildan e’tiboran esa, san’atkorlar bilan hamma kelişuvlar va pul oldi-berdisi naqdsiz şaklga ötadi, daromad soliği esa qat’iy belgilagan miqdorda emas, boşqa kasb egalari kabi 12 foizni taşkil etişi belgilanmoqda”, deydi Nazarov.
Qaysi ijroçi 1-reyting, qaysi ijroçi esa 3-reytingda ekanini Madaniyat vazirligi va litsenziyalaş bilan şuğullanuvçi “Özbekkonsert” davlat muassasasi belgilaydi.
Soliq qömitasi yangi tartib qabul qilingan taqdirda jamoatçilik nazoratidan umidvor. Loyihada yangi tartibga rioya qilmagan ijroçilarni BHMning kamida 20 barobari (hozirda 8 mln 240 ming söm) miqdorida jarimaga tortiş, huquqbuzarlik haqida xabar bergan şaxslarga jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot tölaş közda tutilgan.
Suhbatda, asosan, qaror bilan nima özgarişi mumkinligi muhokamadan ötkazildi. Bunga san’atkorlar va jamiyat reaksiyasi esa navbatdagi suhbatda asosiy örinda böladi.












