Porsche avtomobilsozlik kompaniyasi yangi avloddagi Porsche Cayenne maşinasini 29 avgustda taqdim qilinişini rasman e'lon qildi. Hozirça esa maşinaning taşqi va içki körinişi bilan tanişiş imkoniyati paydo böldi. Maşinaning suratlari AutoExpress saytida joylaştirilgan, biroq ayni vaqtda suratlar joylaştirilgan sahifa öçirib taşlangan.


Suratlardan Cayenne’ning yangi avlodi avvalgisiga nisbatan tub özgarişlarga uçramaganini köriş mumkin. Biroq maşinaning orqa qismi deyarli töliq yangilangan. Misol uçun, çiroqlar dizayni yangi Porsche Panamera modeliniki kabi bajarilgan, orqa spoyler esa köproq közga taşlanuvçi qilib işlangan. Ikkita töğri törtburçak şaklidagi gazlarni çiqariş quvuriga köra suratda maşinaning ilk versiyalaridan biri tasvirlanganini taxmin qiliş mumkin, uning qimmatbaho variantlarida quvurlar 4 ta böladi.


“Kayyen”ning içki dizaynini yaratişda ham “Panamera”dan andoza olingan: kuç qöllagan holda boşqariladigan organlar miqdori ança kamaygan, ular örniga sensor panellar va ekranlar, jumladan axborot-köngiloçar displeyi kelgan.


Yangi Porsche Cayenne Volkswagen Group konsernining MLB Evo platformasida yaratilgan. Bu platforma yangi Audi Q7’da ham qöllangan. Dastlab “Kayyen”ning 6 va 8 silindrli benzin dvigatelga ega versiyalari sotuvga çiqariladi. Uning dizel dvigatelli versiyalari çiqarilişi “dizelgeyt” mojarosi sababli hozirça uşlanmoqda.

Suratlar manbasi:







