«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida Davlat bojxona qömitasi tomonidan poytaxt va Toşkent viloyatida faoliyat yuritayotgan 60 dan ortiq taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari, tadbirkorlar va bojxona rasmiylaştiruvi böyiça mutaxassislar bilan navbatdagi oçiq muloqot taşkil qilindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tadbirda Davlat bojxona qömitasi Raisining birinçi örinbosari B.Raimov iştirok qilib, tadbirkorlarning bojxona sohasida yeçimini kutayotgan muammolari, qiziqtirayotgan savollariga atrofliça javoblar berdi.

Şuningdek, oçiq muloqotda Davlat bojxona qömitasi Markaziy apparati boş boşqarma va boşqarmalari, Toşkent şahri va Toşkent viloyati bojxona boşqarmalari, «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi rahbarlari va mutasaddi xodimlari iştirok qildi.

Foto:bojxona.uz

«Aniq muammo — dangal yeçim» şiori ostida ötkazilgan oçiq muloqot turli rasmiyatçiliklardan holi tarzda, davomli ma'ruza va hisobotlarsiz taşkil etilgani bilan ham ahamiyatlidir. Özaro samimiy va konstruktiv ruhda keçgan jonli muloqotda iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javoblar olişdi.

Xususan, respublikamizga işlab çiqarişni yölga qöyiş maqsadida olib kirilayotgan texnologik asbob-uskuna va jihozlarga nisbatan bojxona tölovlaridan imtiyozlarini qöllaş tartibi, bojxona sohasida joriy qilingan elektron xizmatlarning qulaylik va afzalliklari, yurtimizda işlab çiqarilgan mahsulotlarni xorijga eksport qiliş tartibi, bojxona sohasida qabul qilingan sönggi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati muhokamalar markazida böldi.

Foto:bojxona.uz

Şuningdek, turli xorijiy investitsiyalar va grantlar asosida olib kirilayotgan texnologik jihozlarning bojxona rasmiylaştiruvi jarayoni, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlaş usullari, taşqi savdo şartnomalarini Internet orqali hisobga qöyiş tartibi haqida ham batafsil axborotlar berildi.


Davlat bojxona qömitasi raisi örinbosari B.Raimov uçraşuvda kötarilgan muammo va masalalarni şaxsan nazoratiga olganini bildirdi va ularni joyida zudlik bilan hal qiliş yuzasidan mas'ul rahbar va xodimlarga qat'iy körsatmalar berdi.