Qöqon şahridagi “Yangi çorsu” mahallasida istiqomat qiluvçi Qayumovlar xonadonida bugun bayram. Bir yil oldin oila qurişgan yoşlar oilasida birvarakayiga uç qizaloq dunyoga keldi. Yoş oila qizaloqlarga Fotima, Zuhra va Soliha deb ism qöyişdi. 

Şunisi e'tiborga molik-ki, uç aka-uka bitta xonadonda ahil va inoq yaşaşadi. Çaqaloqlar kenja ukaning oilasida dunyoga keldi. Uşbu yangilikdan xabar topgan Qöqon şahar hokimligi darhol mahalla faollari va hokimlik xodimlari şaxsan şahar hokimi Rahmatali Jalilov boşçiligida yoş oiladan xabar olişdi va yangi «mehmon»larga sovğa-salomlar ulaşişdi.

Şahar hokimligi a'zolari oilaning yaşaş şaroitiga özlari guvoh bölişgaç, yoş kelin-kuyovga yoşlar uçun ajratilayotgan uy masalasida yaqindan yordam berişni va'da qilişdi. 

«Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan boşlab berilgan va olib borilayotgan xayriya işlariga joylardagi hokimliklar ham qarab turmasdan, özlari taşabbus körsatib, holimizdan xabar olayotganlari tahsinga loyiq», — deyişdi baxtdan masrur kelin-kuyov Jaloliddin va Odinaxon Qayumovalar.

Eslatib ötamiz, yaqindagina Andijon şahrida oila bir yöla tört egizak farzand körgani haqida xabar bergan edik.

Öz muxbirimiz