Janubiy Koreya politsiyasi Şimoliy Koreya öz ballistik raketalarini sinovdan muvaffaqiyatli ötkazgani aytilgan 20 mingdan köproq varaqani aniqlaganini ma'lum qildi. Bu varaqalar poytaxt Seulda aniqlangan. Unda Şimoliy Koreyaning “Xvason-14” raketasi sinovdan muvaffaqiyatli ötkazilgani aytilgan. Bu haqda The Korea Herald naşri xabar bermoqda.
Politsiyaning taxmin qilişiça, varaqalar havodan taşlangan.
Varaqalarning bir qismi Şimoliy Koreya tomondan ötkazilgan oxirgi raketa sinovlaridan keyin, bir qismi esa undan oldin topilgan.
Eslatib ötamiz, Şimoliy Koreya 26 avgustda harbiy maşğulotlar doirasida Yaponiya tomon yaqin masofalarga möljallangan uçta ballistik raketa uçirdi. Raketalar 250 km larça uçib ötib, Yapon dengiziga tuşgan.












