Rossiyalik teatr va kino artisti Yuriy Stoyanov “Özbekiston24” telekanaliga intervyu berdi. Unda aktyor Ikkinçi jahon uruşi vaqtida özbeklar oilasi uning yaqinlari va juda köplab ruslarga tirik qolişga yordam bergani haqida aytib ötdi.
- Nemislar Stalingradga yaqin kelişganida, mening onam yetti yoşda, uning ukasi esa beş yoşlar atrofida bölgan. Ularning tarbiyasi bilan buvilari şuğullangan, sababi ularning onasi zavod bilan birgalikda avvalroq evakuatsiya qilingan. Nemislar juda yaqin kelganida, ularni eşelon bilan Toşkentga evakuatsiya qilişadi. Yölda poyezdga samolyotlar hujum qilib, dahşatli bombardimon uyuştiriladi. Hamda ularning bari kiçik stansiya yaqinida yöqolib qolgan. Ularning barçasi Toşkentga alohida-alohida yuboriladi. U yerga yetti yoşli qizça, beş yoşli bola va ularning buvisi alohida borgan. Toşkentda bolalar haqida ma'lumot va ularning fotosuratlari osilgan devorlar hamda panjaralar bor edi. Şu devorlar yonida har kuni kişilar yiğilgan. Bu bir-birini topiş uçun yagona imkoniyat bölgan. Şu tariqa, qoğozlar va panjaralardagi e'lonlar yordamida oila birlaşgan.
Ular evakuatsiya qilingan köpçilik kabi özbeklar oilasida yaşagan. Özbeklar uyidagi yagona karavot, yagona yostiqjild va yostiqni berişgan. Özlarining zaxirasida bölgan eng tansiq narsalarni ulaşişgan. Ular rus oilalarga oçlikdan aziyat çekişiga yöl qöyişmagan. Oila nafaqat tirik qolgan, balki yaşab qoldi. Ular uruşning yakuniga qadar Toşkentda yaşab qolişadi. Juda oddiy voqea, uning ma'nosi esa şunday: men öşandan beri özbek nonlari va palovni juda yaxşi köraman, mening onam palovni juda yaxşi pişiradi.
Şuningdek, Stoyanovning intervyuda ma'lum qilişiça, özbekistonlik rejissyor Rustam Sa'diyevning “Merosxör” nomli yangi filmida suratga tuşmoqda ekan.












