Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, taniqli kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi xabar berdi.

Kinoaktyor “Omad”, “Sönggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yiğlamasin”, “Aldangan köngil”, “Mehr” kabi köplab badiiy filmlar va bir qança milliy teleseriallarda rollar ijro etgan.

Ijodkor Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida talaba yoşlarga ta’lim berib kelayotgandi.

“Dramaturgiyada dard bormi, aktyorga ham ijro etiş uçun imkon bor. Qançalik rejissyor harakat qilmasin, dramaturgiya yaxşi bölmasa, foydasi yöq. Şuning uçun ham dramaturgiya hozirgi kundagi asosiy muammolardan. Ba’zi aktyorlar yaxşi asar yozilgunça ötib ketişi ham mumkin”, degandi Abdumannon Ubaydullayev Kun.uz’ga bergan intervyusida.