Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zararli odatlarga qarshi “aqlli” bilaguzuk yaratildi
Foto: Mashable
Olib yuriluvchi qurilmalar bozoriga yangi “aqlli” bilaguzuk qo‘shildi. U egasini zararli odatlardan elektr toki yordamida cheklab turishga qaratilgan, deb xabar bermoqda Mashable.
Bilaguzuk Pavlok Electro Wristband deb nomlandi, u shartli reflekslarni o‘rgangan olim Ivan Pavlov sharafiga qo‘yilganidan darak beradi. Bilaguzuk ishlab chiqaruvchilari uning egalariga zararli odatlarga moyillik paydo bo‘lganda maxsus tugmachani bosishni taklif etishmoqda. Shundan so‘ng uncha kuchli bo‘lmagan elektr toki zarbasi yuz beradi. Natijada keyinchalik aniq xatti-harakatni og‘riq bilan bog‘lovchi refleks ishlab chiqilishi lozim, u zararli odatni yengishda qo‘l keladi.
O‘ziga tok bilan zarba berishga tayyor bo‘lmaganlar uchun esa yengil rejim mavjud bo‘lib, unda bilaguzuk tebranadi va tovush signalini chiqaradi.
Joriy yilning fevralida taqinchoq o‘rnini bosa oluvchi "aqlli" diktofon – Senstone haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
02:25 / 13.10.2025
2025 yilning eng yaxshi ixtirolari e’lon qilindi
18:14 / 07.09.2025
O‘zbekistonda ixtiro qilingan surunkali alkogolizmni davolovchi vosita patentlandi
11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi
10:30 / 22.03.2025