Birinçi holat Toşkent xalqaro aeroportida aniqlangan. DXX va bojxona organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida «Bangkok - Toşkent» yönalişida uçib kelgan fuqaroning yuklari belgilangan tartibda rentgen apparati orqali tekşirilgan.
Tekşiruv vaqtida yuklar orasida şubhali oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlanib, ular oçib körilgan.
Ma’lum bölişiça, Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanida yaşovçi, 2002-yilda tuğilgan va muqaddam sudlangan şaxs turli oziq-ovqat mahsulotlari niqobi ostida 978 gramm kannabis moyi hamda tarkibida psixofaol modda bölgan, taxminiy oğirligi 500 gramm qöziqorinlarni olib kirgan.
Tezkor xizmatlar ma’lumotiga köra, mazkur mahsulotlar keyinçalik sotiş maqsadida olib kelingan.
Ikkinçi holat Toşkent tumani hududida qayd etilgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar harakatlanayotgan «Damas» rusumli avtomobilni töxtatib, xolislar iştirokida közdan keçirgan. Avtomobilda yölovçi sifatida ketayotgan Farğona viloyatining Oltiariq va Uçköprik tumanlarida yaşovçi, 1987 va 1989-yillarda tuğilgan ikki nafar şaxsga tegişli polietilen paketlar tekşirilgan.
Natijada ulardan tarkibida «Sibutramin» kuçli ta’sir qiluvçi moddasi bölgan 12 992 dona qahva mahsuloti topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, uşbu mahsulotlar qöşni respublikadan olib kelingan bölib, ularni Farğona viloyatida sotiş rejalaştirilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.













