Prezident Şavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlaş hamda tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.

Qonun tadbirkorlik sub’yektlarining samarali faoliyat yuritişi uçun qöşimça kafolatlar yaratiş, ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini huquqiy jihatdan mustahkamlaş va sohadagi munosabatlarni takomillaştirişga qaratilgan.

Hujjat bilan tadbirkorlik faoliyati erkinligining asosiy prinsiplari ham aniq belgilab berildi. Ular qatoriga qonuniylik, tadbirkorlikning erkinligi, tadbirkorlik sub’yektlarining tengligi, işonçni himoya qiliş, xususiy mulkning daxlsizligi, tadbirkorlikka oid qonunçilikning barqarorligi va aniqligi kiritilgan.

Qonunga köra, tadbirkorlik sub’yektlari kiçik, örta va yirik toifalarga ajratiladi. Kiçik tadbirkorlik sub’yektlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kiçik korxonalar kiradi. Örta tadbirkorlik sub’yektlari uçun kalendar yil davomidagi jami daromad mezoni 10 mlrd sömdan 100 mlrd sömgaça, yirik tadbirkorlik sub’yektlari uçun esa 100 mlrd sömdan yuqori etib belgilangan.

Şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining qaysi toifaga kirişi kalendar yil davomidagi jami daromadi asosida aniqlanadi.

Tadbirkorlarga davlat kömagining turlari belgilandi

Yangi qonun bilan tadbirkorlikni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning asosiy turlari ham belgilab berildi.

Jumladan, tadbirkorlar moliyaviy va mulkiy, infratuzilmaviy jihatdan qöllab-quvvatlanişi, şuningdek, ularga davlat grantlari, kreditlar hamda qonunçilikda belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilişi mumkin.

Moliyaviy kömak doirasida iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar uçun grantlar ajratiş, tijorat banklariga kreditlar uçun moliyaviy resurslar joylaştiriş, kreditlar böyiça foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qiliş hamda xalqaro moliya institutlari mablağlarini jalb etiş nazarda tutilgan.

Tadbirkorlarga davlat kafolati ostida imtiyozli kreditlar jalb etiş imkoniyati ham belgilanmoqda.

Bundan taşqari, tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida qonunlar bilan soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça imtiyozlar berilişi mumkin.