Braziliya terma jamoasi vraçi Mişel Cimoni «Liverpul» yarim himoyaçisi Filippe Koutinoning holati haqida xabar berdi va unda heç qanday jarohat yöqligini aytdi. 

«Koutinoda heç qanday jarohat yöq, u terma jamoada maydonga tuşişi mumkin. Lekin uning xavotiri yuqori darajada va ruhiy jihatdan zöriqiş holatida. Şunçaki, futbolçining kelajagi mavhum, mavsumda qaysi jamoada öynaşini hali ham bilmaydi, mana şu mavhumlik unda öziga bölgan işonçsizlikni keltirib çiqargan» – dedi Simoni. 

Filippe Koutino Angliya çempionatining 3-turida, hamda Çempionlar Ligasi saralaş öyinlarida maydonga tuşmadi. Yurgen Klopp bu holatni futbolçining belidan jarohat olgani bilan izohlagan edi. 

Braziliyalik 25 yoşli futbolçi jamoani tark etiş va «Barselona» safidan joy olişni istayotganini bildirgan, ammo klublar uşbu transfer borasida kelişa olmayaptilar. Aniqroği, «Liverpul» futbolçini qöyib yuborişni xohlamayapti. Transfer oynasi sönggida «Barselona» özining sönggi – törtinçi taklifini jönatişga tayyorlanayotgani haqida xabarlar paydo böldi. 

Hozirda Koutino Braziliya terma jamoasi yiğinlarida iştirok etyapti. Terma jamoa JÇ-2018 saralaşidagi navbatdagi öyinini 1 sentabr kuni Ekvadorga qarşi öz maydonida ötkazadi.