Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi “Inson a'zolari, töqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qiliş töğrisida”gi Qonun loyihasini va Jinoyat kodeksiga tuzatişlar kiritiş loyihasini işlab çiqdi. Qonun loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Xususan, “Inson a'zolari, töqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qiliş töğrisida”gi Qonun loyihasi:

davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining sohadagi vakolatini;   
amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar, tartib va çora-tadbirlarni;
donorlar va retsipiyentlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladi.

Şu bilan bir qatorda Jinoyat kodeksini ikkita modda bilan töldiriş taklif qilinmoqda.

1-inson a'zolari, töqimalari va (yoki) hujayralarini ajratib olişga majbur qiliş yoki noqonuniy ajratib oliş. 

Uşbu jinoyat uçun sanksiya 3 dan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki xuddi şu muddatga muayyan huquqdan mahrum qiliş bilan ozodlikdan mahrum qilişdan iborat. Oğirlaştiruvçi holatlar 5 dan 8 yilgaça, odam ölimi esa 8 dan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişga sabab böladi.

Ma'lumot uçun: inson a'zolarini ajratib olişga majbur qiliş yoki noqonuniy ajratib oliş uçun sanksiyalar Belarus, Qozoğiston, Rossiya va boşqa qator xorijiy davlatlarning jinoyat qonunçiligida közda tutilgan. 

2-inson a'zolari, töqimalari va (yoki) hujayralariga nisbatan bitim tuziş 3 dan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki xuddi şu muddatga muayyan huquqdan mahrum qiliş bilan ozodlikdan mahrum qilişga sabab böladi. Jinoyat takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan taqdirda, aybdorlar 5 dan 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Eslatib ötamiz, hozirgi kunda milliy qonunçiligimizda inson a'zolari yoki töqimalarini ajratib oliş uçun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan (JK 133-moddasi).

Loyihalar özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.