AQŞ prezidenti Donald Trampning Trump Organization kompaniyasi va Şotlandiya atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça Agentlik örtasidagi mojaro davom etmoqda. Bu holat Aberdin şahri yaqinida golf öyini uçun ikkinçi maydon qurilişi böyiça takliflar özgartirilganidan söng ham yuz berayapti, deb yozadi The Guardian.
Xabar qilinişiça, kompaniyalar maydonlarni suğoriş va sun'iy hovuzni barpo etiş uçun suv resurslaridan foydalaniş rejalaridan voz keçişga majbur bölgan.
Endilikda, atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça Agentlik Tramp kompaniyasining bu xatti-harakatini yoqladi, biroq kottej va kiçik klub yaqinida vaqtinçalik kanalizatsiyadan foydalanişni davom ettiriş qaroriga qarşi çiqdi.
Avvalroq golfga vaqti bölmasligini aytgan Tramp prezidentligi davomida qança vaqtini golf-klublarda ötkazgani ma'lum qilingandi.












