Paynet tölov tizimining asosçisi Özbekistonda umumiy transport uçun avtomatik tölov tizimi foydalanişga topşiriliş arafasida turganini ma'lum qildi. Tizimning tatbiq etilişi mamlakat byudjyetiga yiliga qariyb 35-40 mlrd. söm miqdorida tuşum keltirişi kutilmoqda.  

Avtomatik transport tölov tizimi (ATTZ) naqdsiz tölov körinişida amalga oşiriladi. Naqdsiz tölov tizimi, avvalambor, yölovçilar qulayligi uçun yaratilgan. Bundan taşqari, yangi tizim yölovçilar umumiy transporti sohasida iş olib boruvçi mutaxassislar uçun yölovçilarning harakatlanişi, transport işini mukammallaştiriş va bir qator boşqa muhim masalalarga oid tahliliy ma'lumotlarni beriş imkonini beradi. Bu esa, öz navbatida, şahar infratuzilmasini yanada yaxşilaşga zamin yaratadi. 

Yangi tizim Singapurning Technobiz Transpay kompaniyasi platformasi asosida  işlaydi. Uning işlab çiqarilişida Özbekistonlik mutaxassislar faol iştirok etgan. ANOR deb nom olgan mazkur loyiha davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida amalga oşirilişi közda tutilgan. Iş yuritişning uşbu turi davlat tomonidan sarmoya ajratilişini közda tutmaydi, tizim uzra amalga oşirilayotgan barça jarayonlar esa oşkor va xolisona olib boriladi. GPS va video kuzatuvi bilan jihozlangan ATTZning işga tuşirilişi davlat byudjyetidan sarf-xarajatlarni kamaytirişga, qulay tariflarni joriy etişga, hamda yöllardagi xavfsizlikni ta'minlaşga olib keladi.  

«Biz taklif qilayotgan ANOR tizimi umumiy transport korxonalarining foydasini hisobga olinmagan pul aylanmani yöq qiliş evaziga yiliga kamida 35-40 mlrd. sömga oşiradi, - deydi platformani işlab çiqargan kompaniya asosçisi Botir Arifjonov. – Yölovçilarni kuzatiş imkonini beruvçi avtomatik video-tahlil tizimi umumiy transportdagi xavfsizlik çoralarini oşiribgina qolmay, har bir yölovçi haqida ma'lumotlarni tahlil qilişga yordam beradi. Yangi tizim haydovçilar oldiga qöyilgan kundalik tuşum kabi foydasiz talabning yöq qilinişiga olib keladi. Barça umumiy transport vositalarida örnatilajak validatorlar hamda osonlaştirilgan tölov tizimi poytaxtimiz aholisi va çet ellik mehmonlar uçun qator qulayliklar yaratadi. Özbekiston dunyo ahli uçun yoqimli sayyohlik yönalişlaridan biriga aylanar ekan, uşbu yangi tizimning paydo bölişi vaqt taqozosi ekanligiga işonaman». 

Foto: ANOR 

ANOR tölov yeçimining joriy etilişi transport tölov kartoçkalari qalbakilaştirilişining oldini oladi, yölovçilar toifasi, marşrut yönalişlari, kun vaqti va soatiga köra maxsus dasturlarni işlab çiqarib, imtiyozli yölovçilar uçun alohida yeçimlar taqdim etişga yordam beradi. 

Yölovçilar uçun ikki xil transport kartalari taklif etiladi: qoğozli bir marotaba kodlangan kartalar va köp marotaba işlatilişi közda tutilgan plastik kartalar. Talabalar, öquvçilar, nafaqaxörlar va harbiy xizmatçilar uçun möljallangan kartalar iş yoki öqiş joylaridan kelib çiqqan holda taşkillaştiriladi.

Transport tölov kartalariga Toşkentning 2 mingdan ortiq nuqtalarida ega böliş mumkin. Ular orasida metro kassalari, «Toşşaharyölovçitrans» AJ sotuvlar punktlari, poçta bölinmalari, gazeta  kiosklari va ANOR tarmoği mavjud.

ANOR tölov tizimining yana bir xususiyati - mobil telefondagi NFC mobil çiptasining mavjudligidir. Maxsus mobil ilova karta balansini töldirib turişga, tovar va xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşirişga, xususiy kabinetdan foydalanişga va şaxsiy ma'lumotlarni saqlaşga yordam beradi.

ANOR ATTZ tegişli vazirlik va idoralarga taqdim etilgan bölib, aholi uni işga tuşirilişining aniq muddati haqida xabardor etiladi.