Buxoro şahrining tarixiy qismida yölovçi taşişga möljallanmagan vositalar harakati çeklanadi. Bu haqda Buxoro şahri hokimi qarorida belgilandi.

Qarorda aytilişiça, ayrim hollarda xorijiy va mahalliy sayyohlar soğliğiga, ekskursantlarning şaxsiy xavfsizligiga tahdid soluvçi, madaniy meros obyektlari hududida ruxsat berilmaydigan yölovçi taşiş vositalarida harakat qilişi oqibatida zarar yetkaziş holatlari kuzatilmoqda.

Buxoro şahrining Ark qörğonidan Poyi kalon ansambli, Haqiqat köçasi böylab, Labi-hovuz ansambligaça bölgan hududda fuqarolar va ayrim yuridik şaxslar tomonidan yölovçi taşişga möljallanmagan va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kelmaydigan harakatlaniş vositalari soni keskin ortgan.

Buning oqibatida yöl harakati iştirokçisi sifatida tartibsiz harakatlanişlar, taşrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarning erkin va xavfsiz harakatlanişiga xavf solayotgani va piyodalarning soğliğiga şikast yetkazilişi bilan boğliq holatlarga yöl qöyilgan.

Qarorga köra, Ark qörğonidan Poyi kalon ansambli, Haqiqat köçasi böylab, Labi-hovuz ansambligaça bölgan hududda qonunçilik talablariga muvofiq bölmagan yölovçi taşiş va individual harakatlaniş vositalari, jumladan, elektroskuter, rikşa, moped, 4 ğildirakli velosiped, elektrosamokat, karting, ot va tuyada harakatlanişini çeklaşga oid barça keçiktirib bölmaydigan çoralar köriladi.

Qonunçilik hujjatlariga muvofiq yölovçi taşiş böyiça belgilangan talablarga javob bermaydigan vositalar orqali yölovçi taşişga yöl qöyilişi holatlari uçun qonunçilikda belgilangan javobgarlik çoralari qöllanadi.

Qaror 2026-yil 1-oktabrdan boşlab kuçga kiradi.