Germaniyaning Hamburg şahrida boks böyiça AIBA şafeligi ostida ötayotgan jahon çempionati çorak final öyinlari boşlandi. Ma'lumki, çorakfinal janglarida töqqiz nafar boksçimiz qatnaşmoqda.
Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Dösmatov hindistonlik Amit Kumarni 5:0, 64 kg.gaça bölgan vazn toifasida Iqboljon Xoldorov garçi ikki marta şubhali tarzda oçkosi olib taşlanganiga qaramasdan, germaniyalik Artyom Harityunyanni 3:2 hisobida yengib yarim finalga yöl olişgan edi.
Çorakfinalning 75 kg.gaça bölgan vazn toifasida Isroil Madrimov Amerika Qöşma Ştatlari vakili Troy Aysliga qarşi ringga kötarildi va oçkolar böyiça yengildi. Filippinlik va kubalik hakamlar 30:27 hisobida Isroilga oçko berişgan bölsa, butun uç raundda ham Isroil barça jabhada yaqqol ustunlik qilgan bölsa-da, marokaşlik, bolgariyalik va uelslik hakamlar 28:29 hisobida Ayslini ğolib, deb topişdi.
Çorakfinal janglarida qatnaşayotgan qolgan boksçilarimiz quyidagi soatlarda ringga çiqişadi.
91 kg. Çorakfinal. 29 avgust, 20:15
Sanjar Tursunov (Özbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)
52 kg. Çorakfinal. 29 avgust. 22:15
Jasurbek Latipov (Özbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)
60 kg. Çorakfinal. 29 avgust. 22:45
Elnur Abduraimov (Özbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)
69 kg. Çorakfinal. 29 avgust. 23:00
Şahram Ğiyosov (Özbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)
81 kg. Çorakfinal. 29 avgust. 23:30
Bektemir Meliqöziyev (Özbekiston) - Yerik Aljanov (Qozoğiston)
91+ kg. Çorakfinal. 29 avgust. 23:55
Bahodir Jalolov (Özbekiston) – Qamçibek Qönqaboyev (Qozoğiston)












