“Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov töğrisida”gi 29.08.2017 yildagi ÖRQ-439-sonli qonun Özbekiston Prezidentining rasmiy saytida e'lon qilindi.

Hujjatga köra Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov 2017 yil dekabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziladi. 

Saylangan deputatlar öz vakolatlarini 2019 yilda ötkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari böyiça poytaxt xalq deputatlari tuman Kengaşlarining yangi tarkiblari şakllantirilguniga qadar amalga oşiradi.

Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga  joriy yilda saylovni taşkil etiş va ötkaziş uçun tuman saylov komissiyalari tuzilişini, saylov okruglarining soni belgilanişini ta'minlaş topşirildi.

Bundan taşqari, Konstitutsiya, «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida»gi, «Geografik obektlarning nomlari töğrisida»gi Qonunlarga tegişli tuzatişlar kiritildi.