2017 yilning birinçi yarim yilligida Özbekistonda sotilgan avtomobillar orasida Chevrolet markasiga tegişli avtomobillar qat'iy birinçi örinni egallagan. Bu xulosa, OLX e'lonlar servisining mutaxassislari tomonidan, «Avtomobillar» bölimida yanvar oyidan iyul oyigaça tuzilgan bitimlar böyiça keltirilgan ma'lumotlarning tahliliga asoslangan.

Chevrolet faqatgina eng ommabop marka bölibgina qolmay, uning ma'lum modellari eng xaridorgir avtomobil markalarining röyxatida ham birinçi beşta örinni egallagan.

Birinçi olti oylik yakunlari böyiça keltirilgan ma'lumotlar GM Uzbekistan marka ustunligini, boşqa barça raqobatçilar ortda qolganligini yaqqol namoyiş qilgan. Sotilgan barça avtomobillarning umumiy hajmidan Chevrolet markasining uluşi 54,2 foizni taşkil qilgan. Bu esa OLX orqali sotilgan har ikkinçi avtomobil aynan şu markaga tegişli ekanligini anglatadi. 

Ikkinçi örinni band etgan, eng yaqin raqobatçi işlab çiqaruvçi — Rossiyaning VAZ markasi. Bu markaga tegişli avtomobillar, barça sotilgan avtomobillarning umumiy uluşidan 16,8 foizini taşkil qilgan. Bu esa hali har oltinçi avtomobil ham emas. Uçtalikni Janubiy Koreyaning Daewoo markasi yakunlagan. Bu marka uluşiga sotilgan barça avtomobillarning 12,5 foizi töğri kelgan (har sakkizinçi bitim). Qimmat bölmagan bu markalar uçtaligi, tuzilgan barça bitimlarning 83,5 foizini taşkil qilgan.

Eng ommabop avtomobil markalari orasida törtinçi örinni Germaniyaning «Mercedes» markasi egallagan, uning uluşiga yopilgan bitimlarning 3 foizi töğri kelgan. Beşinçi örinda Rossiyaning yana bir avtomobil işlab çiqaruvçisi — GAZ markasi, uning uluşiga yopilgan bitimlarning 2,4 foizi töğri kelgan. Öntalikka şuningdek, «Moskviç» (1,7 foiz), «Boşqalar» kategoriyasiga umumlaştirilgan qimmat bölmagan tanilmagan markalar (1,6 foiz), BMW (1,6 foiz), Toyota (1,1 foiz) va Hyundai (0,8 foiz) kirgan.

Umuman olganda, birinçi yarim yillik yakunlari böyiça Özbekistonda eng ommabop bölgan avtomobil markalarining 20 taligi quyidagiça: 

1. Chevrolet
2. VAZ
3. Daewoo
4. Mercedes
5. GAZ
6. Moskviç
7. Boşqalar
8. BMW
9. Toyota
10. Hyundai
11. Nissan
12. ZAZ
13. Opel
14. Ford
15. IJ
16. UAZ
17. Fiat
18. Audi
19. Lexus
20. Mazda

Avtomobil modellariga keladigan bölsak, eng ommabop top 5talik tölliq Chevrolet markasining mahsulotlaridan iborat. Birinçi örinda Chevrolet Spark — yopilgan bitimlarning umumiy sonidan 14,1 foiz. Ikkinçi örinda Chevrolet Lacetti — 12,2 foiz. Uçinçi örinda Chevrolet Nexia — 11 foiz. Törtinçi örinda Chevrolet Matiz — 10,9 foiz. Beşinçi örinda esa Chevrolet Cobalt — 6,4 foiz. 

Chevrolet markasining eng yaqin raqobatçisi – Daewoo Nexia oltinçi örinni egallagan. Yarim yil içida OLX orqali sotilgan avtomobillarning umumiy sonidan 5 foizi mazkur marka hissasiga töğri kelgan. Keyingi örinda 4,3 foiz bilan Daewoo Matiz. Öntalikka şuningdek, Chevrolet Captiva (3,9 foiz), VAZ 2106 (2,9 foiz) va Daewoo markasining yana bir modeli — Damas (2,6 foiz) kirgan.

Qiziği şundaki, ikkinçi öntalik ham deyarli tölliq Chevrolet, VAZ va Daewoo markalariga tegişli modellardan iborat. 16-örinnigina «Boşqalar» kategoriyasiga umumlaştirilgan mayda avtomobil işlab çiqaruvçilar egallagan. Ommabop avtomobil modellari reytingining 20- va 30-satrlari orasida faqat «Moskviç»larni körişimiz mumkin (22- va 30-örin). Bunda 31-satrni GAZ 31029 egallagan. Bu röyxatdagi birinçi Yevropa avtomobili — Mercedes Ye-200 esa 33-öringagina sazovor bölgan (yopilgan bitimlarning 0,4 foizi). 

Yarim yillik yakunlari böyiça Özbekistonda eng ommabop bölgan avtomobil modellarining 20 taligi 

1. Chevrolet Spark
2. Chevrolet Lacetti
3. Chevrolet Nexia
4. Chevrolet Matiz
5. Chevrolet Cobalt
6. Daewoo Nexia
7. Daewoo Matiz
8. Chevrolet Captiva
9. VAZ 2106
10. Daewoo Damas
11. Chevrolet Malibu
12. Chevrolet Epica
13. Daewoo Tico
14. VAZ 21063
15. VAZ 2107
16. Boşqalar
17. VAZ 2101
18. VAZ 21011
19. VAZ 21061
20. VAZ 2109