General Motors (GM) konserni Xitoyda Chevrolet rusumidagi avtomobillar sotuvi töxtatilişini e’lon qildi.
GM China bölinmasining xabar qilişiça, SAIC Motor bilan qöşma korxonada Chevrolet avtomobillarini işlab çiqariş davom etadi, lekin ular Yaqin Şarq, Afrika, Janubiy Amerika, Meksika va Osiyo-Tinç okeani hududida sotuvga çiqariladi.
Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyaning ma’lumotiga köra, Xitoyda Chevrolet eksporti birinçi yarim yillikda 6,9%ga ösgan.
Sönggi yillarda Xitoy bozorida Chevrolet öz mavqeini yöqotmoqda. 2014-yilda 760 ming dona avtomobil sotilgan bölsa, 2025-yilda 9 ming donaga yaqin avtomobil sotilgan.
Mart oxirlarida Skoda kompaniyasi Xitoyni tark etişini e’lon qilgandi. Kompaniya 15 yil avval Xitoyda yiliga 300 ming dona avtomobil sotgan bölsa, 2025-yilda sotuv 15 ming donaga tuşib ketgan.









