Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi “Olot” çegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan xorijiy fuqaro A.Abdulkexxar boşqaruvida Turkiyadan respublikamizga yetib kelgan yuk avtotransport vositasi örnatilgan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda navbatdagi bojxona qoidabuzarligi foş böldi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Yöl-yuk kuzatuv hujjatlariga köra, Toşkent şahridagi Endless Business LLC korxonasi nomiga keltirilayotgan yuklar aslida qiymati salkam 20 ming AQŞ dollarini taşkil qiluvçi 23 tonnadan ortiq quriliş materiallari bölişi lozim edi.
Ammo bojxona körigi davomida konteynerdagi tovarlar bilan yöl-yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma'lumotlar örtasida tafovut mavjudligi aniqlandi. Sodda qilib aytganda mazkur tovarlar hujjatlardagidan köra ortiqça miqdorda ekanligi ma'lum böldi.
Hisob-kitoblarga köra, yöl-yuk kuzatuv hujjatlaridan qayd etilmagan quriliş materiallarining umumiy qiymati 648 mln. sömni taşkil qildi.
Hozirda uşbu tovarlar vaqtinça saqlovga olib quyildi va mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, Xitoydan Farğona şahridagi “Namuna savdo minbari” MÇJ nomiga temir yöl konteynerida yuborilgan yuklar ham bojxona körigidan ötkazilganda, yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravişda olib kirilişiga çek qöyildi.
Yöl-yuk kuzatuv hujjatlariga köra, uşbu konteynerda qiymati salkam 4.5 ming AQŞ dollarini taşkil qiluvçi 25 tonna 800 kg.dan ortiq oğirlikdagi kafellar bölişi lozim edim. Ammo közdan keçiruv davomida uşbu tovarlar örniga hujjatlarda umuman körsatilmagan, qiymati 3.7 mlrd sömdan ortiq kiyim-keçaklar borligi aniqlandi.
Bojxonaçilarning közini şu tariqa şamğalat qilişga uringan qonunbuzarlar bu usullari bilan davlat byudjyetiga undirilişi lozim bölgan 4 mlrd. sömdan ortiq bojxona tölovlaridan böyin tovlaşgan.
Mazkur qonunbuziliş holatlarida aniqlangan tafovutlar tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan töla bartaraf qilingaç va belgilangan miqdordagi bojxona tölovlari undirilganidan söng uşbu tovar-moddiy boyliklar hozirda tadbirkorlik sub'yetlariga bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazib berilmoqda.
Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi Axborot xizmati











