“Harvi” dovuli oqibatida vujudga kelgan tropik ştormdan körilgan talofatdan keyin Texas ştatidagi tiklaş işlariga 125 mlrd dollardan köproq mablağ talab etilişi mumkin. Bu haqda ştat gubernatori Greg Ebbot matbuot anjumanda aytib ötdi.
U ştatdagi vaziyatni 2005 yilda “Katrina” dovulidan keyin Yangi Orlean şahrida kuzatilgan ayançli holatga qiyosladi. “Katrina” oqibatlarini bartaraf etiş uçun aynan 125 mlrd dollar ajratilgandi. Ebbotning fikriça, “Harvi” oqibatlarini bartaraf etişga fojia kölami sababli köproq pul kerak böladi.
Bloomberg axborot agentligi tomondan söralgan mutaxassislar Texas energotizimi, ştatdagi yöllar va korxonalarni tiklaş uçun 30 mlrd dollardan köproq mablağ talab qilinişini aytişgan.
“Harvi” Texasga 25 avgust kuni yopirildi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, tabiiy ofat kamida 38 kişining umriga zomin böldi.












