Joriy yilning sentabr oyida 4 yilda bir marta ötkazilişi an'anaga aylangan, rus harbiylarining eng katta masştabdagi «Zapad-2017»​ nomli öquv-maşğulotlari bölib ötadi.

Rossiyaning Boltiqböyi davlatlari va Polşa bilan çegaradoş qismida, Belarus respublikasi va Kaliningrad anklav hududlarida ötkazilişi rejalaştirilgan harbiy maşğulot «​Sovuq uruş»​ yakunidan beri yana bir bor AQŞ-Rossiya munosabatlarning keskinlaşib borişiga xizmat qilişi mumkin. Ğarb vakillari köz oldida özida mavjud barça arsenalni namoyiş etişni maqsad qilib qöygan Putin qömondonligidagi Rossiya umumarmiya qöşini köhna qit'a vakillarining e'tiroziga sabab bölmoqda.

Bu holat, avvalgilari kabi, armiya harbiy tayyorgarligini oşiriş, zirhli tank harbiy qismning faollaşuvi bilan tugaydimi yoki ittifoqçi qöşni Belarus çegarasidan narida joylaşgan «injiq» mamlakatlar kayfiyatini buzib, ğarbdagi Rossiyaning doimiy qöşiniga aylanib qoladimi, bunga aniq javob yöq. Ayrimlar Rossiyaning kutilmaganda Boltiqböyidagi sobiq Sovet mustamlakalariga hujum qilişdan tap tortmasligini ta'kidlasa, qolganlar şunçaki, navbatdagi «öyinlar»ga guvoh bölinişini aytmoqda.

Tarixga nazar solsak, «​Zapad-2013»​ tadbiridan bor-yöği 4 oy ötib, rus hukumatiga sadoqatli Ukrainadagi hokimiyat ağdarilgaç, dunyo tartibotini zir titratgan «Maydan»​ voqealari röy berdi. 1991 yilda yakunlangan «​Sahro böroni»​ operatsiyasidan yaxşi saboq olgan post-Sovet Rossiyasi uzoq vaqt xalqaro munosabatlarning qudratli öyinçisiga aylana olmagandi. Voqealar tizgini Qrimning federatsiya tarkibiga qöşib olinişi, Ukraina şarqida notinçlik kelib çiqişi va Suriyada olib borilayotgan harbiy amaliyotlar bilan özgara boşlagani yaqqol namoyon bölmoqda. Ötib borayotgan 2017 yilning özida Rossiya hukumati kiber-terroristlar yordamida bir neçta saylov jarayoniga ta'sir ötkazişga urinişda ayblandi. Kuraşning körinişi va turi tanib bölmas darajada özgardiki, rus media makoni ham axborot tarqatiş va uni yetkazib berişda, asosan şimol manfaatini közlay boşladi. «​Yaşil odamçalar»​ qöli bilan Qrim nazoratga olingaç, markaziy telekanallar «​Qaxramon şahar»​ haqida filmlar va körsatuvlar namoyişini boşladi.

Ğarb naşlarining yozişiça, aynan «​Zapad-2013»​da namoyiş qilingan qurollar, taktik harakatlar asnosida şarqiy Ukrainadagi rus millatiga mansub separatizm harakati faollari Putin hukumati tomonidan töliq qöllab-quvvatlandi. Bunday proksi (öz yeridan uzoqda) yoki gibrid uruşni olib boriş bilan birga Rossiya Başar Asad hokimiyatini saqlab qoliş uçun muzokaralarni boşladi. Garçi Ukraina şarqida yirik ğalabalarga erişilgan bölmasada, undan örganilgan tajriba asqotdi.