Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Boltiq dengizida sönggi paytlarda sodir etilgan qöporuvçilik harakatlari ortidan mintaqada xavfsizlikni kuçaytirmoqçi. «Menimça, butun Boltiqböyi mintaqasi şu paytgaça jamoatçilik tomonidan juda kam e’tiborga olindi va vakolatim davomida men bunga köproq e’tibor qaratmoqçiman», dedi u 10 may, şanbaga ötar keçasi çop etilgan Neue Osnabrücker Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.

«Vaziyat beqaror, bu körinib turibdi», — deya vazirning sözlarini keltiradi jurnalistlar. Vadeful, şuningdek, Boltiqböyi va Skandinaviya davlatlari örtasidagi aloqa kabellariga zarar yetkazilgani, Rossiya-Estoniya çegarasidagi çegara buyançlarining olib taşlanişi, Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari havo hududining buzilişi va Rossiya Harbiy-dengiz kuçlarining xatti-harakatlari haqida ham töxtalib ötdi. «Şunday qilib, biz xavf zonasida yaşayotganimiz körinib turibdi», — deya xulosa qildi siyosatçi.

Xuddi şu intervyuda Yoxann Vadeful Ukrainaning ham Yevropa Ittifoqiga, ham NATOga qöşiliş istiqboli borligini ta’kidladi. «NATOda biz birgalikda Ukraina mudofaa ittifoqiga qöşiliş yölida ekanligi va bu yölni qaytarib bölmaydi, degan fikrga keldik», — deya ta’kidladi u.

Şu bilan birga, vazir Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers saylanişidan oldin uruş tugagandan keyingina Ukrainaning NATOga a’zo böliş imkoniyati haqida gapirganini eslatdi.