Bugun Qozoğiston poytaxti Ostona şahridagi bir neça köçalar şoşilinç ravişda berkitilgan haqidagi xabarni ilgariroq RIA Novosti agentligi tarqatgan edi. Birin-ketin tafsilotlar oşkor etila boşlandi.
Jumladan Oqmaçit va Turkiston köçlaridagi töğridan-töğri qatnov tösilgan, Almati köçasidagi qatnovga ham politsiya xodimlari qalqon bilan xalaqit berişgan.
Ostonaning ma'muriy markazidagi qurilişlardan biridagi janjal muştlaşuvga aylanib ketgan va unda 30 ga yaqin odam iştirok etgan, deb xabar beradi Qozoğiston IIV davlat tili va axborot departamenti direktori Olmos Saduboyev.
Oldinroq Qozoğiston poytaxti hokimi Facebook’dagi öz sahifasida qurilayotgan «Abu Dabi plaza» obektida qöriqlaş taşkilotlari xodimlari va xorijlik quruvçilar örtasida maişiy janjal kelib çiqqanini yozgan edi. Politsiyadagilarning xabar berişiça, janjal nazorat-ötkaziş punktida yuz bergan.
Şahar hokimining qayd etişiça, «muzokaralar olib borilgan, janjal va muştlaşuvga nuqta qöyilgan, oqibatlarga qarab kerakli çoralar köriladi». «Janjal kelib çiqmasligi va fitna yuz bermasligi uçun ortiqça izohlarlardan tiyilib turişni söraymiz», — degan şahar hokimi.
«Qöriqlaş xizmati xodimi obekt ixtiyorida mast holatdagi hindistonlik işçini çiqarmasligi janjalga sabab bölgan. Işçi öz vatandoşlarini çaqirgan va ular qöriqçini kaltaklaşgan, oqibatda janjal kölami ortib, unda 30 ga yaqin kişi iştirok etgan», — deb xabar berdi Qozoğiston IIV davlat tili va axborot departamenti direktori Olmos Saduboyev.
Uning sözlariga köra, «voqea joyiga Hindiston elçisi, mahalliy hokimiyat va kompaniya vakillari kelişgan». «Içki işlar organlari tomonidan kelgusida tartibsizliklar va muştlaşuvlar, şuningdek vaziyatni izdan çiqarişga qaratilgan xatti-harakatlar qaytarilmasligi uçun çora-tadbirlar majmuasi ötkazildi», — dedi IIV vakili.
U ham şahar aholisiga fitnadan çetda turişga, öylanmagan xatti-harakatlarni amalga oşirmaslik va tekşirilmagan ma'lumotlarni hamda turli miş-mişlarni tarqatmaslikka çaqirdi.
«Vaziyat töliq hal qilingan va politsiya nazorati ostida», — dedi Saduboyev.












