Myanma hukumati BMT insonparvarlik yordamlarini körsatuvçi taşkilotlarga Rokhayn şimolidagi minglab insonlarga gumanitar yuklarni yetkazib berişga tösqinlik qilmoqda. Bu haqda Britaniyaning Guardian gazetasi yozmoqda.
Myanma harbiylari va xavfsizlik kuçlari Rokhayn ştatida istiqomat qiluvçi rohingya musulmonlari orasidagi jangarilarga qarşi amaliyot ötkazmoqda. Etnik bengallar hisoblanuvçi rohingyalar Myanmada noqonuniy muhojirlar hisoblanadi. Ularning aksariyatiga Myanma fuqaroligi taqdim etilmagan.
BMTning Myanmadagi qarorgohi muvofiqlaştiruvçisining gazetaga ma'lum qilişiça, gumanitar yordamlarni yetkazib beriş xavfsizlik bilan boğliq vaziyatning yomonligi va hukumatning ziddiyatli hududlarga safarni çeklaşi bilan boğliqdir. Idoraga köra, hukumat gumanitar yordamlarni amalga oşirişga ruxsat bermayapti.
"BMT gumanitar yordamlar yetkazişni imkon qadar tezroq qayta boşlaş uçun hukumat bilan qalin aloqada", — deyişgan taşkilot qarorgohida. Qayd etilişiça, ştatning boşqa hududlariga yordamlarni yetkazib berişga yöl qöyilmoqda. YUNISEF, BMT jamğarmasi va BMT qoçoqlar işlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi vakillari esa ştatning şimoliy hududlarida heç qanday iş olib bormagan. Hukumat, şuningdek, vizalar taqdim etişni ortga suriş orqali xalqaro xodimlar kelişini rad etayapti.
Gazetaning yozişiça, 16 ta yirik nohukumat insonparvarlik taşkilotlari, jumladan Oxfam va Save the Children ham hukumatning mojaroli hududga gumanitar taşkilotlar kirişini çeklaganini ma'lum qildi.












