J.Koreya qurolli kuçlari Şimoliy Koreya yadro sinoviga javoban ballistik raketalarni qöllagan holda maşğulotlar ötkazdi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
3 sentabr kuni KXDR vodorod bombasi sinovini muvaffaqiyatli ötkazgan edi. Ş.Koreya hukumatining ta'kidlaşiça, yangi qurol QBRga örnatilişi mumkin.
AQŞ prezidenti Donald Tramp, öz navbatida, Pxenyanning navbatdagi yadro sinovidan söng, KXDRga zarba beriş ehtimolini rad etmadi.
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis qöşimça qilganidek, AQŞ KXDRning özi va ittifoqçilariga körsatayotgan har qanday tahdidiga munosib javob berişga tayyorligini aytgan edi.












