Keniya mustaqil saylov komissiyasi avvalgi prezidentlik saylovlari natijalari bekor qilingandan keyin, uni takroran 17 oktabrda ötkazişni belgiladi. 

“8 avgustdagi saylovlar natijasini bekor qilgan Oliy sud qaroriga köra, yangi prezidentlik saylovlari 17 oktabrda ötadi”, deb xabar qilgan saylov komissiyasi tvitterda.

Birinçi saylovlar natijalariga köra ikkinçi muddatga saylangan amaldagi prezident Uxuru Keniata ğolib deb e'lon qilingandi. Biroq muxolifat nomzodi Raila Odinga saylov natijalariga ta'sir qiliş maqsadida saylov komissiyasi inter-tizimiga buzib kirilganini ta'kidlagan.

Şundan keyin Oliy sud saylovlar ötkazilişida qoidabuzarliklarga yöl qöyilganiga qaror qilib, 60 kun içida yangi prezidentlik saylovlari ötkaziş kerakligi haqida hukm çiqargan.