DW xabariga köra, Mombasa şahri sudi mazkur qarorni 19-oktabr kuni çiqargan. Iş Makkenzi asos solgan «Xuşxabar xalqaro çerkovi» diniy guruhi aʼzolarining ommaviy ölimi bilan boğliq.
Makkenzi 2003-yilda tuzgan taşkiloti izdoşlarini «Iso bilan uçraşiş» uçun oçlikdan ölişga undagan. Hind okeani sohilidagi Malindi kurorti yaqinida, Şakaxola örmonida joylaşgan unga tegişli katta yer maydoni sekta markaziga aylangan.
Xabarda qayd etilişiça, Makkenzi izdoşlari uçun öta oğir oçlik tartibini joriy qilgan. U belgilagan navbatga köra, avval bolalar, keyin ösmirlar, ayollar va oxirida erkaklar ölişi kerak bölgan. Ayrim hollarda bolalar ota-onalarining köz öngida ovqatdan mahrum qilingan.
Voiz huquq himoyaçilarining şikoyatlaridan söng 2023-yil aprelida hibsga olingan. Tergov davomida sekta aʼzolarining bir qismini qutqarişga muvaffaq bölingan, biroq örmondan köplab ommaviy qabrlar topilgan.
Sud-tibbiy tekşiruvlar bolalarning aksariyati oçlikdan vafot etganini körsatgan. Şu bilan birga, böğiliş va boş miya jarohatlari oqibatida ölim holatlari ham aniqlangan.
Keniya ommaviy axborot vositalari bu voqeani «Şakaxola örmonidagi qatliom» deb atagan. Sekta qurbonlarining umumiy soni 400 kişidan oşişi mumkin. Sudning hozirgi qarori esa 190 bola va bir katta yoşli şaxsning ölimiga oid iş böyiça çiqarilgan.








