Bu bozorda buyurtmaçilar asosan keniyalik talabalar emas edi. Aksinça, Keniyadagi yoşlar dunyoning turli mamlakatlarida öqiyotgan talabalarning topşiriqlarini bajarib, şu orqali daromad topardi. Ammo ChatGPT va boşqa generativ sunʼiy intellekt vositalari paydo bölgaç, bunday xizmatlarga talab keskin kamaygan.

Bu holatning Keniyada keng tarqalişiga mamlakat mehnat bozoridagi vaziyat ham taʼsir qilgan. Keniya oliy taʼlim muassasalarini har yili 100 mingdan ortiq talaba bitiradi, biroq mamlakatda ularning barçasi uçun yetarliça iş örni mavjud emas.

Natijada köplab oliy maʼlumotli yoşlar norasmiy sektor va internet orqali işlaşga majbur bölgan. Şunday yönalişlardan biri xorijdagi talabalar uçun pul evaziga akademik işlar tayyorlaş edi.

Bu sohada işlaganlardan biri - Teriosis Bundi.

U 2011-yilda qişloqdan Keniya poytaxti Nayrobiga köçib kelib, universitetga öqişga kirgan. Öşa paytda döstlaridan biri unga qöşimça daromad topişning ğayrioddiy usulini taklif qilgan - boşqa talabalar uçun pulga öquv işlari yoziş.

Bundi bu işni talabalik paytida boşlagan va keyinçalik uni asosiy daromad manbaiga aylantirgan.

Manbaga köra, 12 yil davomida u 2,5 mingdan ortiq esse yozgan. Bu örtaça hisobda yiliga 200 dan ortiq akademik iş degani.

Mutaxassisligi böyiça işlaşdan beş barobar köp daromad

Universitetni bitirgaç ham Bundi bu sohani tark etmagan. Aksinça, u talabalar uçun akademik işlar tayyorlaş böyiça öz onlayn biznesini taşkil qilgan.

Buyurtmalar köpaygaç, ularning bir qismini özi bajarmay, boşqa talabalarga topşira boşlagan. Şu tariqa, oddiy frilans işi kiçik onlayn biznesga aylangan.

Bundining universitetda olgan mutaxassisligi jamoat salomatligi sohasi bilan boğliq edi. Biroq u bu yönalişda işlaşdan voz keçgan.

Sababi moliyaviy edi: boşqa talabalar uçun topşiriqlar tayyorlaş unga öz mutaxassisligi böyiça işlaşga nisbatan kamida beş barobar köproq daromad keltirardi.

Keyin ChatGPT paydo böldi

Vaziyat 2022-yildan keyin keskin özgardi.

ChatGPT ommaviy foydalanişga çiqqaç, talabalarning bir qismi esse yoki boşqa yozma topşiriqni tayyorlaş uçun odamga pul tölaşning hojati qolmadi, degan qarorga kelgan. Çunki generativ sunʼiy intellekt şunga öxşaş matnlarni juda qisqa vaqt içida va deyarli bepul tayyorlab bera olardi.