Hakerlar Keniya prezidenti Uilyam Rutoning rasmiy saytini buzib kirişdi va sayt boş sahifasiga haqoratli xabarlar joylaştirişdi, deb xabar berdi Kenyans.co.
Naşrning yozişiça, ular saytda körsatilgan kriptohamyonga beş bitkoyn (320 ming dollar) ötkazilişini talab qilişmoqda.
Hakerlar talablari bajarilmagan taqdirda prezidentni foş qiluvçi ma’lumotlarni e’lon qiliş bilan tahdid qilişgan.
Uilyam Ruto ma’muriyati prezident sayti buzilganini tasdiqladi va IT-mutaxassislar hakerlik hujumi oqibatlarini bartaraf etiş bilan şuğullanayotganini ma’lum qildi.
Keniya axborot va kommunikatsion texnologiyalar vaziri Uilyam Kabogo mazkur hujum natijasida hukumatning maxfiy ma’lumotlariga zarar yetmaganini bildirdi.
Uning sözlariga köra, tiklaş işlari ötkazilişi uçun prezident saytiga kiriş çeklangan.








