LĞning "aqlli uy" oçiq strategiyasi ikki eng maşhur şaxsiy intellektual yordamçi servislarini qöllab-quvvatlaydi

LG Electronics (LG) imkon qadar köproq turli intellektual platforma va servislar bilan hamkorlik qilişga harakat qilib, özining "aqlli uy" hamkorlik strategiyasi kölamini kengaytiriş ustida işlaşda davom etmoqda. LG kompaniyasi oçiq hamkorlik, oçiq platforma va oçiq ulaniş strategiyasiga amal qilar ekan, unga nafaqat "aqlli" maişiy texnika, balki mehmon kutiş, inşootlarni tozalaş va boğdagi işlarni bajarişga möljallangan robotlarni ham kiritib, özining "aqlli uy" ekotizimini izçil rivojlantirdi. Endi esa LG 1-6 sentabr kunlari Berlinda bölib ötadigan IFA 2017 körgazmasida öz mehnat mahsulini namoyiş qilişga tayyor.

LG kompaniyasi özining 2017 yildagi barça qurilmalariga Wi-Fi modulini örnatib, iste'molçilar uçun ulaniş va ular bilan işlaş vazifasini soddalaştirdi. LĞning  webOS intellektual platformasidagi Smart Insta View Door-in-Door™ muzlatgiçi Amazon Alexa ovozli servisi taqdim etuvçi barça qulay funksiyalarga töliq muvofiq keladi. Alexa 15 mingdan ortiq turli imkoniyatlarning amalga oşişi tufayli ming xildagi "aqlli" maişiy jihozlar işini nazorat qilişi, musiqa ijro etişi, avtomobilning texnik tekşiruv va xizmat körsatiş sanasini belgilaşi, taymerlar örnatişi va köplab boşqa funksiyalarni bajarişi mumkin.

GoogleAssistant servisining Android operatsion tizimidagi smartfonlar yoki iPhone'ga örnatilgan GoogleHome orqali LĞning barça "aqlli" maişiy jihozlari bilan töliq muvofiqlaşişi 2017 yilning yangiligi böldi. Foydalanuvçilar GoogleAssistant yordamida qator vazifalarni bajarişlari mumkin, masalan, kir yuviş jarayonining tugaşiga qança vaqt qolganini aniqlaş yoki muzlatgiçda köproq muz tayyorlaş - bularning bari qöllar iştirokisiz amalga oşadi. GoogleHome'dagi yordamçi ovozdan taniy olar ekan, bu qiziqarli jarayonda oilaning barça a'zolari iştirok etişi mumkin.

Ikki intellektual ovozli platformadan biriga LG "aqlli uy" ekotizimining nazorat markazi bölgan LG SmartThinQ™Hub orqali ulaniş mumkin. SmartThinQHub "aqlli" qurilmalar, şuningdek  Wi-Fi, Zigbee va Bluetooth orqali SmartThinQ datçiklariga ulanuvçi oddiy jihozlardan ma'lumotlarni yiğib, LG intellektual platformasining faoliyatida muhim rol öynaydi.

Bu ma'lumotlar foydalanuvçilarga LCD-ekran xabarlari fomatida namoyon böladi yoki örnatilgan dinamik orqali ovozli xabarlar bilan yetkaziladi.

LG kompaniyasi Berlindagi körgazmada ilk marta Yevropada özining "aqlli" robotlarini namoyiş etadi, eng sermulozamat HubRobot roboti ham şular jumlasidandir. Bu robot şunçaki oddiy yordamçi emas: u LĞning boşqa "aqlli" qurilmalariga ulaniş uçun ovozdan taniş texnologiyasini qöllaydi, bu esa uydagi kundalik işlarni yengillaştiradi. Kir maşina quritgiçini qaynoq rejimdan iliğiga ötkaziş yoki qöşni xonadagi konditsionerni yoqiş kabi vazifalarni topşiriş uçun talab qilinadigan yagona narsa - ovozli buyruq beriş.